"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob bahsida "Bayer"ga qarshi o‘yinda gol urdi.
Hujumchi Chempionlar Ligasida bir mavsumda 10 ta gol urgan birinchi britaniyalik bo‘ldi. Umuman olganda, hujumchi ECHLda 55 ta o‘yinda 39 ta gol urgan.
Keynning hisobida joriy mavsum "Bavariya" safida 36 ta o‘yinda 32 ta gol va 10 ta assist bor.