Madridning "Atletiko" klubi kelayotgan yozda "Manchester Yunayted"dan Antonini sotib olmoqchi. Hozirda futbolchi "Betis"da ijarada o‘ynamoqda.
Relevo xabariga ko‘ra, "matraschilar" 25 yoshli braziliyalik uchun 45 million yevro + 30 million bonus to‘lashga tayyor.
O‘z navbatida "Betis" ham futbolchini o‘z safida saqlab qolishga jiddiy harakat qilmoqda.













