Voysex Shesni "Borussiya"ga qarshi o‘yin oldidan qizib olish mashg‘ulotlarida qo‘lidan shikastlandi, ammo u o‘yinda ishtirok etmoqda.
"Barselona" darvozaboni Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Dortmund"ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulotida berilgan zarbalardan biridan so‘ng qo‘lini jarohatlab oldi. Polyak kiyinish xonasiga darvozabonlar murabbiyi va jamoa shifokori bilan birga ketdi.
Shesni o‘yinni dastlabki daqiqalardan boshladi: Cadena SER xabariga ko‘ra, darvozabonga yallig‘lanishga qarshi dori berilgan.













