Biroz oldin Superliganing 25-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv doirasida «Qizilqum» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
3-daqiqadayoq mezbonlar futbolchisi Shahzod Rahmatullayev hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Bilol To‘pliyev muvozanatni tikladi. Qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol kiritmadi.
Shu tariqa, «temiryo‘lchilar»ning ochkolari soni 40 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. «Qizilqum» esa 34 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.













