"Barselona" yarim himoyachisi Pedri La Liganing 10-turida "Real"dan qabul qilingan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Yaxshi o‘yin o‘tkazmadik. Birinchi bo‘limda o‘zimizga o‘xshamadik, juda sekin harakat qildik va ko‘plab oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu bizga qimmatga tushdi.
Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdik, ammo "Real"ning qarshi hujumlarda xavfli ekanini bilsak ham, yaxshi himoyalana olmadik va ikkinchi golni o‘tkazib yubordik.
Muxlislarimizga g‘alaba bag‘ishlamoqchi edik. Afsuski, buning uddasidan chiqmadik. Lekin bu bor-yo‘g‘i uch ochko. Mavsum hali uzoq, chempionlik taqdiri hozir hal bo‘lmaydi", — dedi Pedri.













