Chernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Qiziqarli va murosasiz janglarga boy bo‘lgan jahon birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz yillar davomida mustahkamlab kelayotgan jahonda yetakchilik an’anasini yoshlarimiz ham munosib davom ettirdi. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, o‘zbek boksining kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanini yana bir bor namoyon etgan holda, jahonda tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Qizlarimiz ham ortda qolishmadi. Ular 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, terma jamoamizning umumiy natijasiga munosib hissa qo‘shishdi.
Albatta, bu natija o‘zbek boksining bugungi salohiyati va kelajagi porloq ekanining yana bir yorqin tasdig‘idir!
Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!














