Sobiq futbolchi Gari Nevill Angliya Premyer-ligasining sakkizinchi turida "Bornmut"dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lganidan (0:3) keyin "Manchester Yunayted" Maykl Kerrikni ishdan bo‘shatmagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Avvalroq "qizil iblislar" rahbariyati bosh murabbiyni iste’foga chiqarishga shoshilmaslikka qaror qilgani xabar qilingan edi. Mutaxassisga vaziyatni to‘g‘rilash uchun vaqt berildi.
"Men hayratdaman, ammo bundan xursandman, chunki yakshanba kuni ko‘rganlarim Maykl uchun oxirgi nuqta bo‘lishiga mutlaqo ishongan edim. U shu futbolchilarni yana o‘zi uchun o‘ynashga qandaydir tarzda unday oladi, deb umid qilaman. Chunki so‘nggi bir necha haftada ular uning uchun o‘ynamayotgan edi", — dedi Nevill Sky Sports efirida.
Angliya chempionatida ketma-ket oltita o‘yinda g‘alaba qozona olmagan mankunianliklar turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Kelasi shanba kuni Kerrik jamoasi safarda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.













