Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Sanjar Tursunov: «Uchinchi marta «Vorskla»ga qaytish? Hamma narsa bo‘lishi mumkin»

Sanjar Tursunov: «Uchinchi marta «Vorskla»ga qaytish? Hamma narsa bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

Faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishga qaror qilgan Sanjar Tursunov FootBoom nashriga intervyu berdi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

— Yozda "Vorskla"ga qaytgandingiz. Nima uchun yana ushbu klubni tanladingiz?
— Bu jamoadan ketayotganimda, meni hamisha kutishlarini, istalgan paytda jamoaga qaytishim mumkinligini aytishgandi. Shu bois, yana "Vorskla"ni tanladim. Boisi, menga Poltava, "Vorskla", jamoa va muxlislar yoqadi. Poltavada barcha narsa men uchun qadrdon bo‘lib qolgan, desam ham bo‘ladi.

— Qatardagi jazira iqlimdan keyin Ukraina sharoitiga moslashish qiyin kechmadimi?
— Yo‘q, darhol moslashib oldim. O‘zbekistonda ham yil davomida yoz bo‘lmaydi (kuladi).

— "Vorskla"ga qaytganingizda, yetakchi o‘yinchilar — Armend Dallku va Artem Gromov jamoani tark etishgandi. Yana nimalar o‘zgargandi?
— Ha, yaxshi o‘yinchilar klubni tark etishgandi. Har bir kuchli o‘yinchining jamoada o‘z o‘rni bor. Ammo vaqt o‘tgan sari barcha o‘zgaradi. Ularsiz qiyin bo‘ldi, albatta, ammo hozir "Vorskla"ni o‘z ortidan ergashtira oladigan yaxshi futbolchilar bor.

O‘zgarishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yinchilardan tortib shaharning o‘zigacha yaxshi tomonga o‘zgardi. Mashg‘ulot jarayoni va o‘yinimiz borasida o‘zgarishlar ko‘p bo‘lmadi.

— Dallku ketganidan keyin qaysi futbolchi jamoaning yetakchisiga aylandi?
— Albatta, sardorimiz — Vladimir Chesnakov.

— Chesnakov qanday sardor — qattiqqo‘l yoki aksincha?
— U ajoyib sardor-motivator.

— Siz yangi tarkibga ham tezda moslashib ketdingiz. "Volin" darvozasiga urgan golingiz — bunga isbot. Nimaning evaziga yangi jamoadoshlaringiz bilan tezda til topishib ketdingiz?
— Bungacha Poltavada ikki yil o‘ynagandim. Tarkib deyarli o‘zgarmagandi. Shu bois moslashishga vaqt ketmadi. Jamoaga yaxshi futbolchilar kelishdi. Ular bilan til topishib ketish qiyin kechmadi.

— Siz kelganingizda, jamoada pasayish kuzatilayotgandi. O‘shanda moliyaviy muammolar o‘yinchilarga ta’sir ko‘rsatayotganmidi?
— Ha, men kelganimda, o‘yinchilarning maoshlari kechikayotgan edi. Ammo yigitlar ruhan tushkunlikka tushishmadi va oxirigacha o‘ynashdi. Afsuski, har doim ham ochkolarni qo‘lga kiritish nasib etmadi. Lekin yilni 6-o‘rinda yakunlaganimiz yaxshi bo‘ldi.

— Jamoa bilan shartnoma imzolagingizda, bunday muammolar borligini bilarmidingiz?
— Ha, bilardim, ammo yana "Vorskla"da o‘ynashni juda ham istadim va Poltavaga qaytishga qaror qildim.

— Yarim yillik faoliyatingizga qanday baho berasiz?
— Rejalashtirgan maqsadlarimdan ayrimlariga erishdim, ayrimlariga — yo‘q. Yomon o‘ynamadim, ammo yanada yaxshiroq ishtirok etishim ham mumkin edi.

— Qachon "Vorskla"ni ikkinchi marta tark etishga qaror qildingiz?
— Dekabr oyi o‘rtalarida. Menga taklif tushganidan keyin Qatarga tashrif buyurdim va "Al-Xaritiyat" bilan shartnoma imzoladim.

— "Vorskla" futbolchilariga qaytadan shartnoma imzolash taklif etildi. Qanday shartlar taklif qilindi? Nima uchun shartnomani qayta imzolashga rozi bo‘lmadingiz?
— Shartlar 3 yil avvalgidek emasdi. Maoshlarni biroz kamaytirishdi. Uni qayta tuzmaslikka qaror qildim.

— Shuning uchun ham jamoani tark etishga qaror qildingiz. Maoshning to‘lanishiga umid qilmayapsizmi?
— Kelajak borasida aniq qarorga kelishim kerak edi. Maoshlar borasida klubning katta qarzlari yig‘ilib qolgandi.

— Ko‘p futbolchilar o‘zlarining sobiq jamoalari bilan sudlashadilar. Maoshni to‘lab berishmasa, sudga murojaat qilasizmi?
— Yo‘q. Sudga murojaat qilmasam kerak.

— Yana Qatar chempionatida o‘ynashga qaror qildingiz. Yana qanday takliflar bor edi? Qatar klubi taklifini qabul qilishingizga asosiy sabab nima bo‘ldi?
— Barqarorlik. Shuningdek, oilam va yaqinlarimga O‘zbekistondan Qatarga uchib borish uzoq emas.

— Yana qanday takliflar bor edi.
— Bu sir bo‘lib qola qolsin (kuladi).

— Ukraina klublaridan qiziqishlar bo‘ldimi?
— Yo‘q, Ukraina klublaridan takliflar bo‘lmadi.

— Yangi jamoangiz haqida nimalar bilasiz?
— Bu yerda atigi bir necha kundan beri shug‘ullanyapman. Shu bois, hali ko‘p narsa bilmayman. Klub — Qatar chempionatining o‘rtamiyona jamoasi. Jamoaga yangi murabbiy keldi va u tarkibni shakllantirmoqda.

— Qatar va Ukraina chempionatlarini taqqoslay olasizmi? Farqi, o‘xshashlik jihati?
— Har bir chempionatning o‘z uslubi bor. Shu bois, ularni taqqoslash qiyin. Bu yerda ko‘proq taktikaga e’tibor qaratiladi, deb o‘ylayman.

— Ko‘p futbolchilar sizning yana Poltavaga qaytishingizga umid qilishyapti. Uchinchi marta "Vorskla"ga qaytishingiz mumkinmi?
— Hamma narsa bo‘lishi mumkin (kuladi).

Manba: xsport.ua
Kiritildi: 08:51, 28.12.2016.
O'qildi: 6378 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.