Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Muxlis maqolasi: Odil Ahmedov eng to‘g‘ri qaror qabul qildi

Muxlis maqolasi: Odil Ahmedov eng to‘g‘ri qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasiga ko‘chilib o‘tganidan hammaning xabari bo‘lsa kerak.

Hozircha hamma bu transferga o‘z qarashlari bilan yondashishga harakat qilmoqda. Jumladan, ayrimlar Odil Ahmedov "Krasnodar"da qolishi kerak edi, desa, boshqalar Yevropaning biron bir jamoasiga yo‘l olganida yaxshiroq bo‘lar edi, demoqda.

Shaxsan mening fikrimcha, bu Odil Ahmedov uchun amaldagi eng to‘g‘ri qaror edi. Men bu transferni qoralashim mumkin edi, agarda Odil Ahmedovning oldida "Barselona" va "Real Madrid"dan rasmiy taklif turganida, Odil faqat moliyaviy tomonlarini o‘ylab, shanxayliklar safiga borib qo‘shilganida.

Ammo amalda Odil Ahmedovni Yevropa grandlari rasman taklif qilishmayotgan edi, lekin Yevropaning o‘rtamiyona jamoalaridan qiziqish bo‘lganligi haqiqatga yaqin.

Xo‘sh, Odil Ahmedov Rossiyada, jumladan, "Krasnodar" safida qolganida nimaga ham erishar edi ? Saviyasi jihatidan Yevropada ikkinchi o‘rinda turadigan Yevropa ligasida nimchorak yoki chorak finagacha yetib borish uchunmi? Yoki Rossiya chempionatida "Terek"ni ortda qoldirib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritishmi? Yo‘q, "Krasnodar" safida qolib bu jamoa bilan qandaydir natijaga erishish bugungi kunda juda mushkul masala edi.

Mana endi Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" jamoasida Oskar va Xalk bilan jamoadosh bo‘ladi, Andre Villash-Boash qo‘l ostida harakatlanadi. Eng muhimi, Odil Ahmedov 2017 yilning o‘zidayoq Xitoy Chempioni, Xitoy Kubogi sohibi va OCHLda chempion bo‘lish uchun juda ham qulay imkoniyati bo‘ladi (Osiyoda chempion bo‘lsa, klublar o‘rtasidagi JCHda ham maydonga tushish ehtimoli bor). Xitoy chempionati hozirgi kunda infrastruktura va futbolchilarning saviyasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, allaqachon Rossiya chempionati bilan tenglashib bo‘lgan. To‘lib toshgan hayxotdek stadionlar, narxi falon million turadigan yulduzlar, soatlab yugurib faqatgina zavq olish mumkun bo‘lgan yam-yashil maydonlar bisyor bo‘lgan Xitoy chempionatiga o‘tish bu — Odil uchun xech qanaqasiga ortga tashlangan qadam bo‘la olmaydi.

Faqat Odilning oldida bitta eng asosiy vazifa turadi, ya’ni yangi jamoasida ko‘z tegib, zaxira o‘yinchisiga aylanib qolmaslik hamda o‘z sport formasi va asosiy tarkibdagi o‘rnini doimo saqlash!

Chiqmagan jondan umid, balkim "Shanxay"ning Xitoy va Osiyo miqyosida qo‘lga kiritajak ijobiy natijalari o‘laroq Odil Ahmedovga Yevropaning top-5 chempionati jamoalari ham qiziqib qolar?

Kutamiz, kuzatamiz...

Ulug‘bek Xudoyberganov (Bek_Uzbekistan)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:37, 02.01.2017.
O'qildi: 13713 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.