Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 1-3 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Mourinyo “Real”dagi 6 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirdi. Klub Ispaniya La Ligasi boshlangunga qadar bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashish yoki ularni ijaraga berish masalasini ko‘rib chiqadi.

Mavsumoldi yig‘inlarida jamoani kuzatgan portugaliyalik mutaxassis ba’zi futbolchilar uning o‘yin falsafasiga mos kelmasligini ma’lum qilgan. Xususan, himoya chizig‘iga yangi transferlar amalga oshirilgani sababli Ferlan Mendi jamoani tark etishga eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Klub uning sotuvi orqali maoshlar fondini yengillashtirmoqchi. Yosh markaziy himoyachi Raul Asensio “Leganes”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa-da, kuchli raqobat tufayli unga yetarli o‘yin amaliyoti berilmasligi ehtimoli yuqori.

Shuningdek, Eduardo Kamavinga va Franko Mastantuono bo‘yicha rahbariyat hamda murabbiy birgalikda yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda. Yosh Mastantuonoga o‘yin amaliyoti kerakligi bois, u sotib olish huquqisiz ijaraga berilishi mumkin. Hujum chizig‘i vakillari — Endrik hamda qator klublardan takliflar olayotgan Gonsalo Garsiyaning kelajagi ham so‘roq ostida. Ularning jamoada qolish-qolmasligi “Real”ning hujumdagi yangi xaridlariga bog‘liq bo‘ladi.

“Qaymoqranglilar” qarorgohidagi transfer jarayonlari faqatgina ushbu olti nafar futbolchi bilan cheklanib qolmaydi. Klub prezidenti Florentino Peres oldida jamoaga ham sport, ham iqtisodiy jihatdan katta ta’sir ko‘rsatadigan ikki yulduz — Vinisius Junior hamda Orelyen Tchuameni masalasi ham turibdi.

Londonning “Arsenal” klubi 2027-yilda shartnomasi yakuniga yetadigan Vinisiusga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 3 avgust kuni braziliyalik hujumchi mashg‘ulotlarga qaytadi. Shundan so‘ng, u amaldagi shartnomasini uzaytirish ustida ishlashi yoki avgust oyi davomida jamoani tark etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Tchuamenining vaziyatini esa “Manchester Yunayted” yaqindan kuzatib bormoqda. Agar markaziy yarim himoyaga yangi o‘yinchilar olib kelinsa, Florentino Peres fransiyalik futbolchi bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:34, 30.07.2026.
O'qildi: 11964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик