Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

JCH saralashidagi raqib – Xitoy termasi Islandiyaga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniridagi raqibi Xitoy termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan China Cup–2017 xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi ilk o‘yinini Islandiyaga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur turnirda ishtirok etish uchun Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi 20 nafar yangi futbolchini taklif qilgandi. Uning tajribasi esa hozircha samara bermadi. O‘yinning 64-daqiqasida Finbonnason hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Sigurdarson hisobning 2:0 bo‘lishini ta’minladi.

Musobaqaning navbatdagi o‘yinida Chili va Xorvatiya termalari o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu bellashuv g‘olibi 15 yanvar kuni bosh sovrin uchun maydonga tushadi. Mag‘lub bo‘lgan jamoa esa Xitoy bilan uchinchi o‘rin uchun kurashadi.

JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Xitoy terma jamoasi 2 ochko bilan so‘nggi – 6-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. Hisobida 11 ochko bo‘lgan Eron guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. 

China Cup–2017 xalqaro o‘rtoqlik turniri

Xitoy – Islandiya 0:2

Gollar: Finbonnason 64, Sigurdarson 88

Xitoy: 22. Shi Venyi, 13. Deng Xan-ven (2. Bo Jyajun 65) , 5. Yang Shanpin, 6. Gao Junyi, 4. Fan Shiaodon, 15. Shi Junguo , 8. Chay Xuikan, 11. In Xunbo (18. Shin Jongliu 57), 19. Chao Yundin (7. Vang Jinbin 80), 21. Xui Jyakang (20. Van Jinshian 72), 9. Mao Jinting (10. Xu Rentyan).

Islandiya: 1. Xaldorsson, 2. Sevarsson, 14. Arnasson, 5. Fyoluson, 3. Yonsson (20. Bodvarsson 59), 6. Palsson, 10. Sverisson ( 7. Sigurdarson 73), 18. Byarnason (17. Karlsson), 11. Smarason (9. Finbonnason 59) , 8. Sigurdarson (4. Omarsson 90) , 22. Omarsson (21. Gundmundson 90).

Ogohlantirishlar: Deng Xan-ven (8), Sevarsson (79). 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:42, 10.01.2017.
O'qildi: 11396 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик