Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Bugun Afrika millatlari kubogi-2017 start oladi

Bugun Afrika millatlari kubogi-2017 start oladi

Baho:
+ | -

14 yanvar-5 fevral kunlari Gabonda bo‘lib o‘tadigan Afrika millatlar kubogi «qora qit’a» futbolidagi bosh turnirdir.

Milliy jamoalar o‘rtasidagi bu musobaqa 2013 yildan har toq yilda tashkillashtirilyapti. Gabon-2017 turniri hisob bo‘yicha 31-AMKdir. Uning g‘olibi Rossiya mezbonlik qiladigan Konfederasiyalar kubogi-2017da ishtirok etadi (Meksika, Avstraliya va Yangi Zelandiya termalari bilan bitta guruhda).

Aslida bo‘lajak turnirning mezbonlik vakolati avvaliga Liviyaga berilgandi. Aniqrog‘i, bu mamlakat AMK-2013ni qabul qilish huquqidan mahrum etilgan va unga 2017 yilgi musobaqani topshirish ko‘zda tutilgandi. Biroq Afrika futbol konfederasiyasi 2014 yilning avgustida mamlakatda fuqarolar urushi avj olgani bois, u yerda turnir o‘tkazish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. 2015 yilning 8 aprel kuni AFK Ijroiy qo‘mitasi ovoz berish yo‘li bilan yangi mezbonni tanladi. Gabonliklarning tanlovda Jazoir va Ganadan ustun kelishlarida AMK-2012ni Ekvatorial Gvineya bilan birga tashkillashtirishgani va mamlakatda infratuzilma nisbatan tayyorligi muhim rol o‘ynadi.

E’tiborlisi, mazkur turnir Gabonda 60 yillik yubileyini nishonlaydi. AMK-2017 o‘yinlarini Librevil, Fransevil, Oyem va Port Jentil shaharlaridagi stadionlar (sig‘imi kamida 20 ming) qabul qiladi. Bu yilgi turnirda ham 16ta terma jamoa ishtirok etadi. Gabon termasi mezbon sifatida avtomatik ravishda yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan 15ta ishtirokchi 2015 yil 12 iyun-2016 yil 4 sentyabr oralig‘ida o‘tkazilgan saralash bosqichi vositasida aniqlandi.

Aytish joiz, turnirning 2013 yilgi g‘olibi - Nigeriya termasi kvalifikasion raundda omadsizlikka yuz tutdi. «Superburgutlar» Misr, Tanzaniya va Chad termalari bilan bitta guruhda kurash olib borishdi. Chad jamoasi moliyaviy muammolar sabab, saralashni yakunlay ham olmadi. Uganda va Togo milliy jamoalari esa eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 2-o‘rin sohiblari sifatida yo‘llanma olishdi.

Guruhlar tarkibi

«A»: Gabon, Burkina-Faso, Kamerun, Gvineya-Bisau

«V»: Jazoir, Tunis, Senegal, Zimbabve

«C»: Kot-d~Ivuar, Kongo DR, Marokash, Togo

«D»: Gana, Mali, Misr, Uganda

Musobaqada porlashi kutilayotgan futbolchilar

Riyod Mahrez, Islom Slimani, Yosin Braimi (Jazoir), Sadyo Mane, Kalibu Kulibali (Senegal), Muhammad Saloh (Misr), Erik Bayi, Vilfred Boni (Kot-d~Ivuar), Bertran Traore (Burkina-Faso), Edgar Salli, Vinsent Abubakar (Kamerun), Baba Rahmon, Andre Ayyu (Gana), Pyer-Emerik Obameyang (Gabon), Mehdi Benatiya (Marokash), Sedrik Bakambu (Kongo DR), Aymen Abdennur (Tunis), Adama Traore (Mali)

Musobaqada ishtirok etadigan tanish futbolchilar

Sharl Kabore (Burkina-Faso), Mussa Dumbiya (Mali), Guyelor Kanga (Gabon), Rais M~Boli (Jazoir), Mussa Konate (Senegal), Mehdi Karsela-Gonsales, Muborak Bussufa (Marokash), Jonatan Mensa, Muborak Vakaso (Gana)

Musobaqada ishtirok etadigan mashhur murabbiylar

Xose Antonio Kamacho (Gabon), Avraam Grant (Gana), Alen Jiress (Mali), Ektor Kuper (Misr)

AMKning barcha chempionlari

7 marta

Misr (1957, 1959, 1986, 1998, 2006, 2008, 2010)

4 martadan

Gana (1963, 1965, 1978, 1982); Kamerun (1984, 1988, 2000, 2002)

3 marta

Nigeriya (1980, 1994, 2013)

2 martadan

Kongo DR (1968, 1974); Kot-d~Ivuar (1992, 2015)

1 martadan

Efiopiya (1962); Sudan (1970); Kongo (1972); Marokash (1976); Jazoir (1990); JAR (1996); Tunis (2004); Zambiya (2012)

Fakt. Navbatdagi turnirda avvalgi chempionlardan Misr, Gana, Kamerun, Marokash, Jazoir, Kot-d~Ivuar, Tunis, Kongo DR milliy jamoalarigina ishtirok etishadi. Gvineya-Bisau termasiesa AMKda o‘z debyutini nishonlaydi.

Turnir rekordlari

Chempionlik bo‘yicha - 7 marta (Misr)

Final bosqichida ishtirok etish bo‘yicha: 22 marta (Misr)

Final o‘yinida ishtirok etish bo‘yicha: 9 marta (Gana)

Final bosqichidagi o‘yinlar soni bo‘yicha: 90ta (Misr)

Final bosqichidagi g‘alabalar soni bo‘yicha: 51ta (Misr)

Final bosqichidagi duranglar soni bo‘yicha: 24ta (Tunis)

Final bosqichidagi gollar soni bo‘yicha: 154ta (Misr)

Bitta turnirdagi gollar soni bo‘yicha: 9ta (Pyer Ndaye Mulamba, Zair)

Bitta o‘yindagi gollar soni bo‘yicha: 5ta (Loren Poku, Kot-d~Ivuar)

Turnirdagi tezkor gol bo‘yicha: 23-soniya (Ayman Mansur, Misr)

Eng sermahsul o‘yin: Misr - Nigeriya - 6:3

Eng sermahsul turnirlar: AMK-74 (8ta jamoa ishtirokida 54ta gol) va AMK-2008 (16ta jamoa ishtirokida 99ta gol)

Turnirda ishtirok etgan eng yosh futbolchi: Chiva Star Nzigu (Gabon, 16 yoshu 3 oy)

AMKda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida g‘alaba qozonganlar: Mahmud al Goxari (1959|1998), Stefan Keshi (1994, 2013)

Ketma-ket 3 marta turnir g‘olibi bo‘lgan yagona murabbiy: Hassan Shehata (2006, 2008, 2010)

Fakt. Turnir mezbonlari 11 marta chempionlikka erishgan bo‘lsalar, 3 marta ikkinchi va 4 marta uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishgan. Ahmad Hassan (Misr) AMK final o‘yinida 4 marta (1998, 2006, 2008, 2010) ishtirok etgani bilan maqtanishga haqli. Turnirda jami 11ta «xet-trik», 3ta «poker» va 1ta «flesh» qayd etilgan. Hassan al Shazli (Misr) 1963 va 1970 yillarda «xet-trik»ka erishgan.

Turnir tarixidagi to‘purarlar

(1957-2015 yillar)

18ta gol Samuel Eto~O (Kamerun)

14ta gol Loren Poku (Kot-d~Ivuar)

13ta gol Rashid Yekini (Nigeriya)

12ta gol Hassan al Shazli (Misr)

11ta gol Patrik Mboma (Kamerun); Hossam Hassan (Misr); Didye Drogba (Kot-d~Ivuar)

AMK «Orzular jamoasi»

Darvozabon: Essam al Hadari (Misr); himoyachilar: Jeremi Njitap (Kamerun), Kolo Ture (Kot-d~Ivuar), Samuel Kuffur (Gana), Taye Tayvo (Nigeriya); yarim himoyachilar: Muhammad Abutrika (Misr), Yaya Ture (Kot-d~Ivuar), Maykl Essyen (Gana), Jey-Jey Okocha (Nigeriya); hujumchilar: Samuel Eto~O (Kamerun), Didye Drogba (Kot-d~Ivuar)

AMK-2017da kutilayotgan statistik ko‘rsatkichlar

*** Gabonda turnir tarixidagi gollar soni 1500taga yetishi mumkin. Buning uchun 77ta gol kerak.

*** Gana termasi bu safar ham finalga chiqsa, turnirning hal qiluvchi o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha (10 marta) o‘z rekordini yangilaydi.

*** Gana termasi yana 4ta gol ursa, bu borada turnirda 125lik dovondan oshgan 5-jamoaga aylanadi.

*** Bu safargi turnirda xorijlik bosh murabbiy jamoasi g‘oliblikka erishsa, legioner mutaxassislar hisobidagi chempionlik soni 16taga yetadi. Xorijliklardan so‘nggi marta fransiyalik Erve Renar Kot-d~Ivuar jamoasi bilan chempionlikka erishgandi - 2015 yili. Aytgancha, bu murabbiy 2012 yili Zambiya termasini ham g‘oliblikka yetaklagandi. U ayni payt Marokash termasini boshqarmoqda.

*** Turnir tarixida jami 412ta o‘yin tomonlardan birining g‘alabasi bilan tugagan. Demak, Gabon-2017da bu ko‘rsatkich 430taga yetishi mumkin.

*** Final bosqichlarida shu paytgacha 294ta o‘yin durang natija bilan xotima topgan. Shunday ekan, bu borada 300lik marra bosib o‘tilishi hech gap emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:06, 14.01.2017.
O'qildi: 5918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.