Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

“Andijon” yangi ikki futbolchining transferini e’lon qildi

“Andijon” yangi ikki futbolchining transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi seleksiya ishlarini qizg‘in davom ettirmoqda. Jamoa o‘z safiga yana ikki tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shdi — himoyachi Igor Golban va darvozabon Rahimjon Davronov bilan shartnoma imzolandi.

Tajribali markaziy himoyachi Igor Golban 2026-yilgi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi. 1990-yil 31-iyulda Rossiyaning Sochi shahrida tug‘ilgan futbolchi faoliyatini vatanining turli klublarida boshlagan. U “Jemchujina”, “Sochi”, “Lokomotiv”, “Shinnik”, “Ximki”, shuningdek Chexiyaning “Sigma” jamoasida to‘p surgan.

Golban 2015-yildan buyon O‘zbekiston chempionatida faoliyat yuritib kelmoqda. U shu paytgacha “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” va “Nasaf” tarkiblarida o‘ynagan, mamlakat chempioni bo‘lgan va ikki karra Superkubok sohibiga aylangan. Umumiy hisobda 420 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol urgan va 8 ta golli pas bergan.

Klubning yana bir yangi transferi — tajribali darvozabon Rahimjon Davronov. U o‘tgan mavsumni “Lokomotiv” safida o‘tkazib, jamoaning Superliga yo‘llanmasi olishida muhim rol o‘ynadi. 1996-yil 3-oktyabrda Muborakda tug‘ilgan Davronov faoliyatini “Mash’al”da boshlagan. Keyinchalik “Buxoro”, “Navbahor”, “Turon”, “Metallurg” va “Lokomotiv” jamoalari darvozasini qo‘riqlagan. Joriy yil “Loko” tarkibida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. U o‘z vaqtida O‘zbekiston U23 tarkibida Osiyo chempioni ham bo‘lgan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:38, 04.12.2025.
O'qildi: 3152 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.