«Real» va Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu umrida birinchi marta qadrdon oroli Madeyrada milliy terma jamoa safida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Marca xabariga ko‘ra, «Selesao» 28 mart kuni Funshal shahrida Shvesiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Portugaliya terma jamoasi Madeyra orolida so‘nggi marta 16 yil burun o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazgan edi.