Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Barselona» yulduz himoyachi bilan bog‘landi

«Barselona» yulduz himoyachi bilan bog‘landi

Baho:
+ | -1

«Tottenxem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro «Barselona»ning potensial transfer nishoni hisoblanadi.

So‘nggi kunlarda matbuotda Angliya Premyer-ligasi grandlari nishonida turgan Jyul Kundening kataloniyaliklar klubidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar faol muhokama qilinmoqda. Jurnalist Jerar Romeroning ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyat «Barselona»ni ehtimoliy o‘rinbosarlarni qidirishga majbur qildi – «ko‘k-anorranglilar» Porroning atrofidagilar bilan allaqachon aloqa o‘rnatishgan. Bu ispaniyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy muzokaralar albatta boshlanishini anglatmaydi, ammo bunday variant aniq ko‘rib chiqilmoqda.

Pedro Porroning Transfermarkt portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi. Iyul oyida 26 yoshli lateral Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 06:19, 12.08.2026.
O'qildi: 3732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик