«Vest Hem» klubi «Marsel» bilan yarimhimoyachi Dimitri Payetning transferi borasida kelisholmadi.
Bu borada Londonda o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. «Marsel» futbolchi uchun 19-20 mln funt taklif qilgandi, ammo bu «bolg‘achilar» rahbariyatini qoniqtirmadi.
«Vest Hem» murabbiylar shtabi futbolchiga mashg‘ulotlarga qaytishi va muxlislardan uzr so‘rashi lozimligi haqidagi xabarni yetkazdi.