Yarimhimoyachi Antonio Valensiya yana bir yil davomida «MYU» klubida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Manchester Evening News xabariga ko‘ra, klub u bilan tuzilgan shartnomani avtomatik tarzda 1 yilga uzaytirdi.
Ekvadorlik futbolchi jamoaga 2014 yilda kelgan va 3+1 ko‘rinishidagi shartnomani imzolagandi. «MYU» klubi shu banddan foydalanib, futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirdi.