«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Sevilya» (1:2) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng darvozabon Keylor Navasni qo‘llab-quvvatladi.
«Navas mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Albatta, undan yana ko‘prog‘ini talab qilishimiz mumkin, biroq uning mag‘lubiyatsiz seriyalarda bergan yordamini unutmaslik lozim.
Shuningdek, Kiko Kasilya va Ruben Yanyesdan ham norozi emasman. Uch nafar darvozabonimizning barchasi jamoada qoladi. Navasni mag‘lubiyatda ayblashlari balki to‘g‘ridir, lekin darvozabonlar hech qayerga ketmaydi», - dedi Zidan.