Misr terma jamoasi posboni Assam Al-Xadariy Afrika Kuboki musobaqasi tarixida iz qoldirdi.
44 yoshli futbolchi Mali terma jamoasiga qarshi o‘yinda, jarohat olgan hamkasbi Ahmad Al-SHanaviy o‘rniga maydonga tushdi va musobaqa tarixidagi yoshi eng katta ishtirokchiga aylandi.
Assam shu paytgacha Misr terma jamoasi libosida 148 marta maydonga tushgan.