Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shkvirin o‘rniga Kumikov: tayinlovdan maqsad nima?

Shkvirin o‘rniga Kumikov: tayinlovdan maqsad nima?

Baho:
+ | -

Igor Shkvirin «Olmaliq»dan ketdi. Eng avvalo, «nima uchun?» degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Klub oliy ligada 2008 yildan buyon o‘ynay boshlagan va shu vaqt ichida qayd etilgan natijalarga qarasak, rostdan ham murabbiy nima uchun iste’foga chiqarilgani kishini taajjubga soladi. To‘g‘ri, «Olmaliq» o‘tgan yil elitada 13-o‘rinda qoldi va oxirgi 8 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi. Ammo olmaliqliklar shu vaqtga qadar yuqori pog‘onalarga da’vo qilib kelganmidiki, buning uchun murabbiy iste’foga chiqarilsa?

«Olmaliq» 2008 yilda 10, 2010 va 2011 yillarda esa 11-o‘rinni egallagan. O‘sha vaqtlarda nima uchundir murabbiyni ishdan bo‘shatishga hech kim shoshilmagan. Bundan esa shunday xulosa chiqarsa bo‘ladiki, Shkvirinning iste’fosiga natijaning u qadar aloqasi yo‘q. To‘g‘ri-da, 11-pog‘onada qolding nima-yu, 13-o‘ringa tushding nima, farq katta emas-ku. Oliy ligadan tushib ketmasa bo‘lgani, baribir, kuchli uchlikka da’vo qilmagandan keyin qaysi o‘rinni olishining nima ahamiyati bor? Shunday emasmi?

Boz ustiga, «Olmaliq» mavsum davomida biror marta quyi o‘rinlarga yaqin kelgani yo‘q. To‘g‘ri, iste’foga yana bir sabab bo‘lishi mumkin - jamoaning o‘yin uslubi rahbariyatga yoqmagandir. Ammo bu taxminni ham tezda bir chetga surishga to‘g‘ri keladi. Chunki «Olmaliq» sakkiz yildan buyon qanday o‘ynab kelgan bo‘lsa, bu yil ham katta o‘zgarish kuzatilmadi. Shunday ekan, Igor Shkvirinning iste’fosida o‘yin uslubining aybi katta emas. Demak, boshqa sabab bor.

O‘ylay-o‘ylay, nihoyat, sakkiz yil davomida jamoani boshqarib kelgan murabbiyning ishdan ketishiga sabab topgandek bo‘ldik. Aftidan, «Olmaliq» rahbariyati jamoani yangi bosqichga olib chiqishga qaror qilgan ko‘rinadi. Shkvirin klubni boshqargan vaqt davomida biror marta kuchli uchlikka kira olmadi. Eng yaxshi natija esa 2009 yilda qo‘lga kiritilgan - 4-o‘rin. Biroq shunda ham medallar uchun da’vogarlik qilmagan, mavsum oxirida uchinchi o‘rindagi «Nasaf» bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etardi. Bo‘ldi, bori shu. Qolgan mavsumlarda jamoa pastroq o‘rinlarni egallagan.

Shkvirin davridagi «Olmaliq» butkul o‘rtamiyona jamoa edi, bir marta besh (2013 yil) va ikki marta oltinchi o‘rin (2014 va 2015 yillar) qo‘lga kiritilgan. Biroq hech qachon yaqqol autsayder bo‘lmagan. Bu yil 13-pog‘onada qolib ketgani bilan yanagi yil yana besh yoki oltinchi o‘ringa qaytishi hech gap emas edi. Bunaqasi avval ham bo‘lgan. Shkviringa qo‘yib berishganda yana o‘sha oltilikka qaytishni uddalardi. Ishonamiz. Ammo ko‘rib turganingizdek, u iste’foga chiqarildi. Demak, klub rahbariyatining o‘ylab qo‘ygan boshqa rejasi bor.

«Olmaliq» Shkvirin bilan barqaror o‘rtamiyona klub bo‘lib qolishi mumkindir, biroq chempionlikka da’vo qiladigan va hatto, kuchli uchlikka kira oladigan jamoa yaratish uning qo‘lidan kelmadi. Bundan keyin ham o‘zgarish bo‘lishiga ishonish qiyin. Agar murabbiyning «Olmaliq»dan ketishi sababi shu bo‘lsa, klub rahbariyatining qarorini to‘g‘ri tushunamiz. Endi yangi bosh murabbiy haqida gaplashsak.

Kelasi mavsumdan e’tiboran «Olmaliq»ni Viktor Kumikov boshqaradi. Asli kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan bu mutaxassisni o‘zbek futboli muxlislari yaxshi tanishadi. U 2006 yili «Mash’al»ni O‘zbekiston kubogi finaliga olib chiqqan, 2009 va 2010 yillarda esa «Nasaf» bilan oliy ligada bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Ammo murabbiyning O‘zbekistondan ko‘ra Qozog‘iston chempionatida qo‘lga kiritgan yutuqlari ancha salmoqli. Kumikov 2011 yildan to 2014 yilga qadar Qarag‘andaning «Shaxtyor» klubini boshqarib, ikki marta chempionlikka erishdi. Shuningdek, mamlakat kubogi va superkubogida ham muvaffaqiyat qozondi. Qozog‘iston klublari orasida birinchilardan bo‘lib yevrokuboklarda ishtirok etdi. O‘z navbatida, uning yutuqlari munosib taqdirlandi. Kumikov uch marta - 2011, 2012 va 2013 yillarda Qozog‘istonda «Yil murabbiyi» sifatida tan olingan.

Mana, endi u «Olmaliq»ni boshqaradi. Yuqorida Igor Shkvirin hamda Viktor Kumikovni o‘zaro taqqosladik va ochig‘ini tan olish lozim, rossiyalik mutaxassis ustunroq ekanini hammamiz tushunib turibmiz. Faqat bir istisno - bu ustunlikni hali isbotlash lozim bo‘ladi. To‘g‘ri, «Olmaliq» ancha tajribali murabbiyga ega bo‘ldi. Ammo bu tayinlov qay darajada samara keltirishini yangi mavsumda ko‘rib olamiz. Kutganlarimiz esa - «Olmaliq» chempionlikka da’vogar klublar safiga o‘tsin va Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etsin. Oldindan aytamiz, buni amalga oshirish ancha qiyin bo‘ladi. Zero, Qozog‘istonda «Shaxtyor» bilan ikki emas, to‘rt marta chempionlikka erishish mumkin, biroq oliy ligada «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Nasaf» va «Paxtakor»ning orasiga kirish oson emas. Bu yoqda «Buxoro» bilan «Qizilqum» ham qo‘l qovushtirib turmasligi ta-  yin.

Biz chempionlik haqida gapirmayapmiz, kuchli uchlikka ham rozimiz. Aks holda, Igor Shkvirinni iste’foga chiqarish shart emasdi. «Olmaliq» shundoq ham barqaror o‘rtamiyonalar safiga kirardi (oxirgi mavsum hisob emas). Xorijdan murabbiy olib kelinibdimi, demak endi marhamat qilib, medallar uchun kurashsin...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:20, 18.01.2017.
O'qildi: 7883 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.