Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Barsa» rahbariyati Messini eng katta maoshli futbolchiga aylantirishga tayyor

«Barsa» rahbariyati Messini eng katta maoshli futbolchiga aylantirishga tayyor

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Barselona» klubi argentinalik hujumchi Lionel Messini jamoada olib qolish uchun uni jahonda eng katta maosh oladigan futbolchiga aylantirishga tayyorligini bildirdi. Sharti — u «Barselona» bilan karyerasining yakuniga qadar bo‘lgan shartnomaga imzo chekishi kerak.

«Sports.ru» bergan ma’lumotga ko‘ra, Kataloniya klubi Messiga yanvar oyining so‘nggiga qadar yangi shartnoma taklif qiladi. 29 yoshli futbolchi uning shartlariga rozi bo‘lib, faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga qaror qilsa, dunyoda eng katta maosh oluvchi futbol yulduziga aylanadi.

Ayni paytda argentinalik boshqa bir hujumchi Karlos Teves eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Uni o‘z safiga qo‘shib olgan Xitoyning «Shanxay Shenxua» futbol klubi yiliga 40 million dollarning bahridan kechishga rozi bo‘lgan. Bu haftasiga 763,5 ming dollar deganidir.

Messining o‘zi «Barselona»ning qaroridan hayratda bo‘lsa-da, shartnomaga imzo chekishga shoshilmasligi mumkin. Chunki unga puldan ko‘ra sovrinlar muhimroq. «Barselona» yana bir necha yillar davomida ham bugungi mavqesida qola olishiga Messini ishontirishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoz faslida o‘z yakuniga yetadi.

Avvalroq Manchester klublaridan biri Messiga «Barselona» bilan shartnomaga imzo chekmaslik uchungina 100 million yevro berishga tayyorligini bildirgandi. Uni o‘z safida ko‘rishni istayotgan jamoalar katta summalarni taklif qilayotgani uchun ham «Barselona» futbolchini saqlab qolish uchun 1,5 yil oldin harakatga tushib qoldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:53, 20.01.2017.
O'qildi: 28906 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик