Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

OCHL. Bugun «Nasaf» – «Al-Hidd» o‘yini

OCHL. Bugun «Nasaf» – «Al-Hidd» o‘yini

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Bugun futbol. O‘zbek futbol ishqibozlarining orziqib kutgan yangi futbol mavsumi boshlanmoqda. Bugun “Nasaf” xalqaro uchrashuvda o‘zbek futboli sha’nini himoya qiladi.

Bu birinchi tomondan jamoamiz o‘yinchilariga ma’suliyat yuklasa, ikkinchi tomondan sharafli hamdir. Yurtimizning barcha futbol ishqibozlari bugun “Nasaf”ga muxlislik qilishiga shubha yo‘q.

Shunday ekan, keling, hammamiz nomingizdan jamoamiz futbolchilariga bugungi uchrashuvda zafar tilaylik, kuch-quvvat tilaylik, g‘alaba ularga yor bo‘lsin. Millionlab muxlislarga katta quvonch ulashishsin.

Bugungi “Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Hidd” (Bahrayn) uchrauvi Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi. O‘yinga chiqarilgan chiptalar sotuvi bugun ham davom etadi.

Ushbu uchrashuv translyasiyasi “Sport” telekanali orqali 15:20dan boshlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Avval xabar qilganimizdek, uchrashuvni shri-lankalik hakamlar boshqarib borishadi. Uchrashuv bosh hakami etib, Gamini Nivon Robish tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Loku Udayakantha va Vellabada Primalallar yordam berishadi. Uchrashuvda to‘rtinchi hakam sifatida yana bir shri lankalik hakam Rajakrishna Kutiappa Rajaratnam ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi Umar Muso Abu Lovum. Talal Ali Alsvaylmin uchrashuvda komissarlik qiladi, ikkalasi ham Iordaniyadan.

OCHL-2017, saralash uchrashuvi
“Nasaf” (O‘zbekiston) - “Al-Hidd” (Bahrayn)
“Bunyodkor” stadioni. 31.01.2017 y. 16:00da
Bosh hakam: Gamini Nivon Robish (SHri Lanka)
Qanot hakamlari: Loku Udayakantha, Vellabada Primalal (barchasi Shri Lankadan)
To‘rtinchi hakam: Rajakrishna Rajaratnam (SHri Lanka)
Uchrashuv nazoratchisi: Umar Muso Abu Lovum (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Talal Ali Alsvaylmin (Iordaniya)

Barcha futbol ishqibozlarini “Bunyodkor” stadioniga chorlab qolamiz

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:47, 31.01.2017.
O'qildi: 6679 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.