Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

La Liga dardiga tashxis: «Texnoallergiya»

La Liga dardiga tashxis: «Texnoallergiya»

Baho:
+ | -

Oxirgi vaqtlarda La Liga va Ispaniya kubogi o‘yinlarida hakamlik bilan bog‘liq mojarolar asosiy mavzuga aylanib boryapti. “Barselona”ning “Betis” darvozasiga kiritgan goli hisobga olinmasligi butun dunyo muhokama markazida bo‘ldi. Hatto, Kataloniyaning Sport nashri to‘p darvoza chizig‘ini 57 sm.ga kesib o‘tganini aniqladi va golni aniqlash texnologiyasini zudlik bilan joriy etilishini talab qildi.

La Liga prezidenti Xavyer Tebas vaziyatga darhol munosabat bildirib, golni aniqlash texnologiyasi juda qimmat ekani va u hali beri Ispaniyada joriy etilmasligini aytdi.

O‘zi Ispaniyada texnologiyalardan foydalanishga qo‘rquv bor. Aniqrog‘i xohish yo‘q. Inglizlarni konservativ xalq deymiz, ammo futbolda birinchilardan bo‘lib ularda texnologiyalardan foydalanilyapti. Ispaniyada esa bu borada mavhumlik hukmron. Golni aniqlash texnologiyasini qo‘yaturaylik, balki rostdan ham bu texnologiya La Ligaga hali qimmatlik qilar. Harqalay bu ligada APLchalik moliyaviy qudrat yo‘q. Ammo boshqa bir jihatda o‘zgarish qilinmasa bo‘lmaydi. Bu o‘zgarish moliyaviy xarajat talab etmaydi ham. Gap nizoli vaziyatlarni o‘yindan keyin videotakror orqali tahlil etish haqida ketyapti.

Ispaniya chempionati va Kubok o‘yinlarida noprofessional hatti-harakatlar, xunuk holatlar ko‘p uchraydi. Hakamni ko‘zi ilg‘amay qolgan qo‘polliklar, raqibga atay zarba berish, haqoratlash, tupurish kabi holatlar shunchaki jazosiz qolib ketadi. Futbol millionlar o‘yini. Uni bolalar, ayollar tomosha qilishadi. Bo‘lajak yosh futbolchilar ulardan o‘rnak olishadi. Shu jihatdan futbol imkon qadar toza o‘tishi kerak.

Ispaniya kubogi chorak finalining “Real” va “Selta” o‘rtasidagi uchrashuvida mezbonlar sardori Serxio Ramos “Selta” hujumchisi Yago Aspasni haqorat qilish bilan birga, unga tupurib yuborgan.

Bunday xunuk holat Ramos ishtirokida avval ham sodir bo‘lgan. 2012 yili Madrid derbisida “Atletiko” hujumchisi Diyego Kosta ikkisi bir-birini tupugi bilan “siylagandi”. Yashirin qo‘polliklari o‘z yo‘liga, ammo bunday “qilig‘i” Madrid klubi va Ispaniya terma jamoasi sardoriga yarashadigan ish emas. Diyego Kostaniku gapirmasa ham bo‘ladi. Ispaniyada uning ko‘rsatmagan hunari qolmagan. Va har safar jazodan qutilib qolgan. Videotakrorlar orqali bemalol jazo tayinlash imkoni turganida La Liga rahbariyati bu tizimni joriy qilmayapti. Qo‘pollik yoki maydondagi ifloslik hakamning qaydnomasiga tushmadimi, bo‘ldi, hech qanday jazo qo‘llanilmaydi. Qoida shunaqa. Hakam esa yo rostdanam ko‘rmay qoladi yoki ko‘rmaslikka oladi o‘zini. Bu nimaga olib keldi?

Diyego Kosta APLga borib o‘z qiliqlaridan tiyila olmadi. O‘rgangan ko‘ngil. Va bir-necha bor o‘yindan so‘nggi videotahlilga ko‘ra uzoq muddatli diskvalifikasiyalarga duchor bo‘ldi. U endi qilmishlari uchun jazosini olyapti. La Ligada faoliyatini davom ettirayotgan “qitmir”lar esa hunarini ko‘rsatishda davom etyapti.

Ramos va Aspas o‘rtasidagi xunuk holatni unutib ulgurmasimizdan, o‘tgan turda “Atletiko” sardori (sardorlarga nima bo‘lgan o‘zi?) Diyego Godin va “Alaves” hujumchisi Deyverson o‘rtasida bu holat takrorlandi.Hakam yana ko‘rmay qoldi. Ammo butun dunyo ko‘rdi jirkanch vaziyatni.Kartinki po zaprosu Deyverson Godin y escupió el uno al otro

O‘yindan so‘ng o‘sha hakamlar brigadasi ham, qo‘mitasi ham ko‘rgan bo‘lsa kerak. Ammo Ispaniyada konservatizm: hakam qaydnomada qayd etmadimi, aybdor jazolanmaydi. Katta ehtimolki, bu safar ham shunday bo‘ladi. Erta bir kun o‘yinda futbolchilar yana shunday qilishdan o‘zini tiya olmaydi. Faqat hakamning ko‘zini shamg‘alat qilishsa bo‘ldi. Jazosiz yuraveradilar.

“Real Sosyedad” va “Barselona” ning Kubokdagi birinchi o‘yinidan so‘ng, basklar futbolchisi Ilyarramendi hakam Messini chetlatishi kerak edi deb fikr bildirdi. Agar rostdan ham hakam vaziyatga e’tiborsiz qaragan bo‘lsa, o‘yindan so‘ng hakamlar qo‘mitasi videotakrorga ko‘ra o‘z hukmini chiqarsa bo‘lmaydimi? Aybdor deb topsa, futbolchini jazolasin.

Angliyada bunday tajriba allaqachondan beri qo‘llaniladi. Luis Suares shu tizim orqali ko‘p bora jazolangandi. “Barselona” uni sotib olishda shartnoma bandiga “tishlamaslik” shartini qo‘yganligi haqida o‘qigansiz. Agar APLda Suares qilmishi uchun jazosiz yurganida “Barsa” bunga e’tibor bermasdi, ehtimolki, Suares La Ligada ham bir-ikki raqibining “bo‘g‘zidan” olgan bo‘lardi. O‘tgan ikki mavsumdan beri u bunga jazm etmadi harqalay. Ammo jizzakilik, qitmirlik futbolchining qonida bo‘ladi. Suaresning yashirincha tirsak urishlari, qo‘polligi ba’zida e’tibordan chetda qoladi. Bu ishini u hamon hakamga bildirmasdan davom ettirib kelyapti. Bunaqa misollar juda ko‘p. Tabiiyki, ularning hammasi jazosiz qolyapti. Yaxshilikka olib kelmaydi bu.

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:06, 31.01.2017.
O'qildi: 5444 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.