Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Pike va Messi «Barselona» rahbariyatini keskin tanqid qilishdi

Pike va Messi «Barselona» rahbariyatini keskin tanqid qilishdi

Baho:
+ | -

"Marka" nashrining sobiq muharriri va taniqli ispaniyalik jurnalist Eduardo Inda ma’lumot berishicha, "Barselona" "Betis"ga qarshi o‘yindan keyin samolyotda qaytish chog‘ida Jerar Pike va Lionel Messi klubning ayrim rahbarlariga nisbatan keskin munosabatda bo‘lishgan. Bu o‘yinda to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganiga qaramay, hakam golni inobatga olmagandi.

Jerar Pike "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati tomon keskin fikr bildirgan. Jumladan, futbolchining fikricha, hakamlar "Barsa"ga nisbatan chiqargan adolatsiz qarorlari muhokama qilingan vaziyatda klub rahbariyati jamoani yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagan.

"Betis" – "Barselona" o‘yinida inobatga olinmagan gol va berilmagan penalti tufayli Neymar hakamning ustidan kulgan.

"Sizlar e’tiroz bildirmadingiz, o‘yindan keyin hech narsa demadingiz. Oldinda "Atletiko"ga qarshi bahs kutib turibdi. Unda ham hakamlar bilan bog‘liq muammoga duch kelishimiz mumkin. Shunda ham sukut saqlaysizlarmi, shunda ham murabbiyga (Luis Enrike) jim bo‘lishni ta’kidlaysizmi?", – degan Pike klub rahbarlariga.

Pikening bunday hujumiga javoban "Barselona" xo‘jayinlari bundan keyin safar o‘yinlariga jamoa bilan bir samolyotda uchmasliklarini aytishgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 22:05, 31.01.2017.
O'qildi: 20391 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик