Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ikkitasi birda: Evolyusiya va Osiyodan ishtiyoq

Ikkitasi birda: Evolyusiya va Osiyodan ishtiyoq

Baho:
+ | -

FIFA 10 yanvar sanasida 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida 48ta jamoa ishtirok etishini ma’lum qildi. Ushbu voqea tufayli mundial ishtirokchilari soni oshirilgan jahon chempionatlarini yodga olamiz.

JCH-1930: Urugvay. Futbol tarixidagi ilk jahon chempionati 1930 yil 13-30 iyul kunlari Urugvay poytaxti Montevideoda o‘tkazilgan. O‘sha mundialda bor-yo‘g‘i 13ta mamlakat ishtirok etgan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Olimpiada o‘yinlarini afzal ko‘ruvchi Yevropa jamoalari bu musobaqaning kelajagiga ishonmagan edilar. Ilk mundialda Urugvay, Argentina, Chili, Braziliya, Boliviya, Peru, Paragvay, AQSH, Meksika, Fransiya, Yugoslaviya, Ruminiya va Belgiya ishtirok etgan. Birinchi jahon chempioni ilk JCH mezboni Urugvay terma jamoasi bo‘lgan.

JCH-1934: Italiya. Ishtirokchilar soni 16taga yetdi. 4ta guruhdagi jamoalar sonini tenglashtirish uchun shu qarorga kelindi. Mundialga chiqish uchun ilk marotaba 32ta jamoa saralash bahslarida ishtirok etdi. Amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Urugvay to‘rt yil avvalgi musobaqaga Yevropadan jamoalar kelmagani sababli navbatdagi turnirda qatnashishni xohlamadi. Ushbu mundialda ham musobaqa mezboni g‘olib bo‘ldi. Italiya finalda Chexoslovakiyani 2:1 hisobida taslim etdi.

JCH-1982: Ispaniya. Mazkur mundialda jahon chempionati ishtirokchilari soni 24taga yetdi. Dastavval 4ta jamoadan tashkil topgan 6ta guruh tashkil etildi. Jazoir, Kamerun, Gonduras, Quvayt va Yangi Zelandiya ushbu musobaqada ilk marotaba qatnashishdi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan 12ta jamoa 3tadan 4 guruhga bo‘lindi. Ikkinchi bosqichdagi guruh g‘oliblari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ushbu mundialda ham italyanlar g‘olib bo‘lishdi.

JCH-1998: Fransiya. 1998 yilgi jahon chempionatida 32ta jamoa qatnashdi. Ushbu mundialda 64ta o‘yin o‘tkazildi. Fransiyadagi mundialda 32ta jamoa 8ta guruhga bo‘lindi va guruh bosqichidan so‘ng, «pley-off» o‘yinlari o‘tkazila boshlandi. Turnir finalida Braziliya va Fransiya to‘qnash keldi. Hozirda Madridning «Real» klubini boshqarayotgan Zayniddin Zidan braziliyaliklar darvozasiga 2ta gol urib, o‘z mamlakatiga ilk marta jahon chempioni degan nomni taqdim etdi.

JCH-2026: mezbon nomi 2020 yilda aniq bo‘ladi. FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino futbol faqat Yevropa va Janubiy Amerika emasligini aytib, boshqa mamlakatlarga ham imkon berish niyatida mundial ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish taklifini berdi. Dastavval uning rejasida 40ta jamoa bo‘lgandi, keyinchalik 64ta terma varianti ham borligi aytildi. 2017 yil 10 yanvar kuni o‘tkazilgan FIFA yig‘ilishida mundial qatnashchilari sonini 48taga ko‘paytirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi va 2026 yildagi mundialda 48ta jamoa ishtirok etishi rasman tasdiqlandi. May oyida Bahraynda bo‘ladigan FIFA Kongressida musobaqa formati va boshqa texnik jihatlar muhokama qilinadi. Hozircha mezboni noma’lum jahon chempionati formati quyidagicha bo‘ladi: 3ta jamoadan tashkil topgan 16ta guruh bahslarga kirishadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olganlar turnirning «pley-off» bosqichiga o‘tadilar va g‘olib finalda aniqlanadi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, guruh bosqichida o‘yinlar durang bilan yakunlanmaydi.

Osiyo mundialga borish uchun saralashga kirishganda...

Endi oldingi 20ta jahon chempionatida Osiyo qit’asiga qancha kvota berilganligi, saralashni qanday o‘tkazishganiga alohida to‘xtalib o‘tsak.

JCH-1930. Mazkur jahon chempionati uchun saralash bosqichi o‘tkazilmagan. Osiyodan ham qech qaysi jamoa qatnashmagan.

JCH-1934. Italiyadagi mundial uchun ilk marotaba saralash bahslari o‘tkazilgan. 12-saralash guruhida Misr, Falastin (Britaniya mandati ostidagi) va Turkiya jamoalari joy olishgandi. Turkiya saralashdan bosh tortgach, guruhda ikki jamoa qolgan. Falastin terma jamoasi tarkibida 9 ingliz, 6 yahudiy va bir arab futbolchisi bor edi. Misr bu jamoani 7:1, 4:1 hisoblarida taslim etib, JCH-1934 yo‘llanmasini olgan.

JCH-1938. Bu safar ham 12-guruh «uchinchi dunyo» davlatlari uchun ajratilgan bo‘lib, unda Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Filippin va Gollandiya Hindistoni (Indoneziya) joy olgandi. Boshqa jamoalarning saralashda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab Gollandiya Hindistoni JCH-1938ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan. Falastin (Britaniya mandati ostidagi) bu safar 6-guruhda Gresiyaga 1:3, 0:1 hisoblarida yengilgan.

JCH-1950. Bu galgi saralash uchun jahon bo‘ylab 10ta guruh tashkil etilgan. 2-guruhda Suriya Turkiyaga 0:7 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 3-guruhda Isroil Yugos-laviyaga yutqazib qo‘ygan - 0:6, 2:5. 10-guruhda Birma, Indoneziya, Filippin va Hindiston joy olgan bo‘lib, qolgan jamoalar saralashda ishtirok etishdan bosh tortgani bois, Hindiston Braziliyadagi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan. Italiya, Shvesiya va Paragvay bilan bir guruhdan joy olgan Hindiston terma jamoasi moliyaviy muammolar tufayli Braziliyaga bormagan.

JCH-1954. Shveysariya mezbon, Urugvay esa amaldagi jahon chempioni sifatida saralash o‘yinlaridan ozod qilingandi. Qolgan 14ta o‘rinning 11tasi Yevropaga (Misr, Isroil va Suriya ham inobatga olinganda), 2tasi Amerikaga, 1ta o‘rin esa Osiyoga berildi. Osiyo uchun ajratilgan o‘rin uchun Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya kurash olib borishi kerak edi. Xitoy saralashdan bosh tortgach, Yaponiya va J.Koreya o‘zaro bellashdilar. Ikkala o‘yin ham Tokioda tashkillashtirildi va unda J.Koreya g‘olib chiqdi - 1:5, 2:2.

JCH-1958. Bu safargi 16ta o‘rinning 11tasi Yevropaga, 3tasi Janubiy Amerikaga, 1tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 1tasi esa Afrika va Osiyo mintaqasiga berildi. Isroil, Kipr, Turkiya ham bizning mintaqadagi saralashlarda ishtirok etishdi. FIFA Efiopiya va J.Koreyaning saralashda qatnashish iltimosini rad etdi. Indoneziya, Xitoy, Avstraliya, Isroil, Suriya bizning qit’a nomidan ishtirok etishdi. Qit’amiz vakili Isroil yagona yo‘llanma uchun Sudan bilan o‘ynashi kerak edi. Sudan siyosiy sabablarga ko‘ra Isroil bilan o‘ynashdan bosh tortgach, FIFA bironta ham o‘yin o‘tkazmay mundialga yo‘l olayotgan Isroilni qit’alararo «pley-off»ga ro‘baro‘ qildi. Yevropa vakili Uels har ikki o‘yinda Isroilni bir xil - 2:0, 2:0 hisoblarida yengib, jahon chempionatiga chiqdi.

JCH-1962. Osiyoga bu safar faqat 0,5ta yo‘llanma berildi. Yaponiya va J.Koreyaning o‘zaro o‘yinlarida yana ular ustun kelishdi - 2:1, 2:0. Ammo koreyslar qit’alararo «pley-off»da Yugoslaviya to‘sig‘idan o‘tolmadilar - 1:5, 1:3.

JCH-1966. Bu safargi 16ta o‘rinning 10tasi Yevropaga, 4tasi Janubiy Amerikaga, 1tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 1tasi esa Afrika, Osiyo va Okeaniya mintaqalariga berildi. KXDR guruh bosqichida Avstraliyani 6:1, 3:1 hisobida taslim etdi. Afrika jamoalari so‘nggi bosqichdan voz kechishgach, KXDR Angliyadagi mundialga yo‘llanma oldi. Shimoliy koreyaliklar mundialda hammani o‘zlariga qarata olishgandi.

JCH-1970. Meksika mundiali uchun 16ta o‘rinning 9tasi Yevropaga, 3tasi Janubiy Amerikaga, 2tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 1tasi Afrikaga, 1tasi Osiyo va Okeaniya mintaqalariga berildi. Saralashning oxirgi bosqichida Isroil qit’amiz nomidan ishtirok etib, Avstraliyani yengdi - 1:0, 1:1. Mundialda esa Italiya, Urugvay va Shvesiya bilan bir guruhdan joy olgan Isroil 2ta durangga erishdi.

JCH-1974. GFR mundiali uchun 16ta o‘rinning 9,5tasi Yevropaga, 3,5tasi Janubiy Amerikaga, 1tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 1tasi Afrikaga, 1tasi Osiyo va Okeaniya mintaqalariga berildi. Avstraliya bu yagona yo‘llanmaga ega chiqqani bois, Osiyodan amalda hech kim ishtirok etmadi.

JCH-1978. Argentina mundiali uchun 16ta o‘rinning 9,5tasi Yevropaga, 3,5tasi Janubiy Amerikaga, 1tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 1tasi Afrikaga, 1tasi Osiyo va Okeaniya mintaqalariga berildi. Eron so‘nggi bosqichda J.Koreya, Quvayt, Avstraliya va Gonkongni ortda qoldirdi.

JCH-1982. Ispaniya mundiali uchun 24ta o‘rinning 14tasi Yevropaga, 4tasi Janubiy Amerikaga, 2tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 2tasi Afrikaga, 2tasi Osiyo va Okeaniya mintaqalariga berildi. Quvayt so‘nggi bosqichda Yangi Zelandiya, Xitoy va Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. Yana bir yo‘llanma uchun kurashda Xitoy Yangi Zelandiyaga yutqazib qo‘ydi - 1:2.

JCH-1986. Kolumbiya mundiali uchun 24ta o‘rinning 13,5tasi Yevropaga, 4tasi Janubiy Amerikaga, 2tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 2tasi Afrikaga, 2tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Iroq va Janubiy Koreya.

JCH-1990. Germaniyadagi mundial uchun 24ta o‘rinning 14tasi Yevropaga, 3,5tasi Janubiy Amerikaga, 2tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 2tasi Afrikaga, 2tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Janubiy Koreya va BAA.

JCH-1994. AQSHdagi mundial uchun 24ta o‘rinning 13tasi Yevropaga, 3,5tasi Janubiy Amerikaga, 2,25tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 3tasi Afrikaga, 2tasi Osiyo va 0,25tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya.

JCH-1998. Fransiyadagi mundial uchun 32ta o‘rinning 15tasi Yevropaga, 5tasi Janubiy Amerikaga, 3tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 5tasi Afrikaga, 3,5tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Eron va Yaponiya.

JCH-2002. Janubiy Koreya va Yaponiyadagi mundial uchun 32ta o‘rinning 14,5tasi Yevropaga, 4,5tasi Janubiy Amerikaga, 3tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 5tasi Afrikaga, 4,5tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Janubiy Koreya (mezbon), Yaponiya (mezbon), Saudiya Arabistoni va Xitoy.

JCH-2006. Germaniyadagi mundial uchun 32ta o‘rinning 14tasi Yevropaga, 4,5tasi Janubiy Amerikaga, 3,5tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 5tasi Afrikaga, 4,5tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Eron va Yaponiya.

JCH-2010. JARdagi mundial uchun 32ta o‘rinning 13tasi Yevropaga, 4,5tasi Janubiy Amerikaga, 3,5tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 6tasi Afrikaga, 4,5tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Yaponiya, Avstraliya, J.Koreya va KXDR.

JCH-2014. Braziliyadagi mundial uchun 32ta o‘rinning 13tasi Yevropaga, 5,5tasi Janubiy Amerikaga, 3,5tasi Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 5tasi Afrikaga, 4,5tasi Osiyo va 0,5tasi Okeaniya mintaqalariga berildi. Yo‘llanma egalari: Yaponiya, Avstraliya, Eron va J.Koreya.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:35, 03.02.2017.
O'qildi: 7989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.