Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

FIFA rejasidagi 10ta inqilobiy o‘zgarish

FIFA rejasidagi 10ta inqilobiy o‘zgarish

Baho:
+ | -

2026 yilgi jahon chempionatida 48ta jamoa ishtirok etishi haqidagi xabarga ko‘nikib ulgurmasimizdan FIFA yangi syurprizlarni tayyorlashga kirishib ketdi. Futbol jiddiy o‘zgarishlar arafasida turibdi. Agar tashkilot direktori Marko van Bastenning rejalariga diqqat bilan razm solinsa, ko‘pchilikni hayratlantirishi turgan gap. Mabodo, bu yangiliklar amalga tadbiq etilsa, millionlar o‘yini mutlaqo boshqa sport turiga aylanib qolsa, ajabmas.

«Oltin to‘p» sohibi va ikki marta Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritgan Marko van Basten nomi endilikda boshqa jihatlar bilan yodga olinishi mumkin. U 2016 yil sentyabrida FIFAning futbolni texnik rivojlantirish bo‘yicha direktori vazifasiga tayinlangandi. Lavozim nomi biroz tushunarsiz ko‘rinishi mumkin, ammo hammasiga Janni Infantino aniqlik kiritdi: «So‘nggi oylarda biz ko‘p gaplashdik va u futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Marko afsona bo‘lishdan tashqari, millionlar o‘yinini ham yaxshi tushunadi. U bizga ko‘p narsa berishi mumkin». FIFA prezidenti gollandiyalik sobiq futbolchining tayinlovini shunday izohlab, van Bastenning tashabbusiga jiddiy qarashini bildirdi.

Oradan bir necha oy o‘tgach, Germaniyaning Sport Bild nashriga intervyu berib, futbolni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini bayon etdi. Marko avvalroq, ya’ni yetarlicha vakolatga ega bo‘lmagan kezlari ham taklif bilan chiqishga ulgurgandi. Van Basten tomonidan tuzilgan loyiha juda katta, uning ayrim bo‘limlari kishini hayratlantiradi.

Penalti o‘rniga bullitlar

«Pley-off» uchrashuvlarida durang qayd etilsa, penalti haqida unutishga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rnini bullitlar egallaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, to‘p darvozadan 25 metr uzoqlikka o‘rnatiladi va maydondagi o‘yinchi va kiper yakkama-yakka holatda bellashadilar. Buning uchun hujumchiga sakkiz daqiqa vaqt beriladi. Har bir jamoaga beshta urinish taqdim etiladi.

Ofsayd yo‘q

«Futbol ko‘p jihatdan gandbolni eslatadi, - dedi van Basten, - jamoalar to‘liq tarkib bilan jarima maydonchasi ichida himoyalanishadi. Millionlar o‘yinidan ofsaydni chiqarib tashlash qiziq holatni keltirib chiqarishi aniq. Uchrashuvga joziba kiradi, hujumchilar ko‘proq gol urish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Ishqibozlar shiddatli bahs ko‘rishni istashadi, o‘zgarishlardan so‘ng ular aynan xohlaganlarini olishadi». Gollandiya futboli afsonasi avval ham ofsaydlarning murakkabligi, ko‘pincha tortishuvlarga sabab bo‘lishini ta’kidlagandi.

Sariq kartochkalarsiz

Ogohlantirishlar o‘z o‘rnini vaqtinchalik chetlatishlarga bo‘shatib beradi. Mabodo, hakam qo‘pollikni sariq kartochkaga arzigulik deb baholasa, qoidabuzar qolgan bir necha daqiqani maydon chetida kuzatadi. Van Bastenning fikricha, bu holat qo‘polliklarning oldini olishda asqotadi, chunki aksariyat hollarda futbolchilar jarohat olishdan cho‘chishadi. «Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash qiyinligini hamma biladi. Hech kim bunday bo‘lishini xohlamaydi».

Hakam bilan faqat sardor suhbatlashadi

Boshqa o‘yinchilarning referiga gapirishi taqiqlanadi. Shu tariqa, tortishuvlar tufayli vaqt cho‘zilishining oldini olish, hakamlarga nisbatan bosimni kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Beshinchi qoidabuzarlik uchun chetlatish

Bu holat ko‘p jihatdan basketbolga tegishli. Ya’ni, beshinchi marta qoida buzgan futbolchi avtomatik tarzda maydonni tark etishi lozim. Uning o‘rniga murabbiy boshqa shogirdini tushiradi. «O‘ylashimcha, besh marta qo‘pollik ishlatgan o‘yinchi bahsni davom ettirmasligi kerak. Basketbolda shunday tartib amalda qo‘llanadi va bu - adolatli qaror», - dedi van Basten o‘z g‘oyasiga izoh berarkan.

To‘xtalishlarni kamaytirish

O‘yin oxirida vaqt cho‘zish muammosi futbol yaralganidan buyon kuzatiladi. FIFAning ushbu masalani hal etish bo‘yicha bergan taklifi noodatiy ko‘rinish oldi: uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasida to‘p doimiy harakatda bo‘ladi. Darvozabonning o‘z jarima maydonchasidan o‘yinni boshlashi, gollarni nishonlash, jarima zarbalari yo‘llash, penalti, futbolchi almashtirish - hammasiga o‘n soniya muxlat beriladi. Mabodo belgilangan muddatdan o‘tib ketsa, to‘pni egallab turgan jamoa darvozasi tomon jarima zarbasi belgilanadi.

Rasmiy o‘yinlarni kamaytirish

«Muayyan o‘yinning sifatini oshirish uchun rasmiy uchrashuvlar sonini ozaytirishimiz lozim. Maksimum - bir yilda 50ta bahs yetarli», - dedi gollandiyalik afsonaviy hujumchi. Hozirgi pallada, aytaylik, Ispaniya klubida to‘p suradigan futbolchi terma jamoadagi o‘yinlar bilan hisoblaganda, yiliga 70tadan 85tagacha bahs­da maydonga tushadi. Bu o‘rinda FIFA va UYEFA tasarrufidagi barcha musobaqalar ham inobatga olingan.

Zaxira imkoniyatini oshirish

Bu g‘oyaning mashhurlikka erishganiga ancha bo‘lgan. Xususan, hozirda «Manchester Yunayted»ni boshqarayotgan Joze Mourinyo yana bitta zaxira imkoniyati qo‘shib berish taklifi bilan chiqqan. qizig‘i, FIFAning tashabbusi kamtarroq ko‘rinishga ega: gap «ekstra-taym»lar paytida qo‘shimcha yana bir futbolchi almashtirishga ruxsat berish haqida ketyapti. Aniqrog‘i, o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlanib, qo‘shimcha bo‘limlar belgilansa-yu, murabbiylar uchta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ulgurgan bo‘lishsa, ularga yana bittadan shunday imtiyoz taqdim etiladi.

Yoshlar jamoalari uchun 8x8 o‘yinlari

Aftidan, FIFA odatiy uchrashuvlarda futbolchilar sonini kamaytirish fikridan yiroq. Ammo yosh o‘yinchilar maydonda «sakkizga sakkiz» o‘ynashadi. Jamoadagi o‘yinchilar soni yosh toifalariga qarab o‘zgarmoqda, ammo van Basten katta maydonda to‘liq tarkib harakatlanayotganda o‘zgarishlar zarar qilmaydi, degan fikrda. Maqsad - yoshlarning yanada tezroq o‘sishiga zamin yaratish, ko‘proq to‘p bilan muomala qilish imkoniyatini taqdim etish va to‘psiz harakatlanish holatlarini kamaytirish.

Yoshlar jamoalarida o‘yinchi almashayotganda o‘yinni to‘xtatmaslik

Zaxiradagilarga taalluqli yana bir tashabbus. Van Basten o‘yin sur’atini tushirmaslik maqsadida o‘yinchi almashtirayotganda bahsni to‘xtatmaslik kerak, degan fikrni ilgari surdi. Yoshlar o‘rtasidagi uchrashuvlar tartibini o‘zgartirish ham rejalashtirilmoqda.

Yuqorida taklif etilgan aksariyat o‘zgarishlar sportning boshqa turlari - basketbol, xokkey, regbi va chim ustidagi xokkeyga taalluqli ekanini sezish qiyin emas. Van Bastenning ta’kidlashicha, ushbu yangiliklarning ba’zilari 2026 yilgi jahon chempionatida amalga kiritishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, bu mundialda 48ta terma jamoa ishtirok etadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:12, 10.02.2017.
O'qildi: 11274 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.