«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida Kilian Mbappe haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi allaqachon Madrid jamoasiga moslashib bo‘lgan.
«Menimcha, Mbappening moslashish davri tugadi. U bu yerda bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq g‘ayratli va hayajonlangan. U moslashishi kerak edi, ammo endi hammasi tugadi», dedi Anchelotti jurnalistlarga.