«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jarohatidan tiklanib oldi.
Marca xabariga ko‘ra, futbolchi jamoaning umumiy guruhida to‘laqonli mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham u Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Espanyol» (18 fevral) klubiga qarshi o‘yin zayavkasiga kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, Garet noyabr oyida olgan og‘ir jarohatidan so‘ng biror marta maydonga tushmagan edi.