Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Barselona»ning Rodri transferi uchun xarajatlari 210 mln yevrodan oshishi mumkin

«Barselona»ning Rodri transferi uchun xarajatlari 210 mln yevrodan oshishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tishi kataloniyaliklarga umumiy hisobda 210 million yevroga tushishi mumkin. AS nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 15 million yevro maosh ko‘zda tutilgan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.

Soliqlarni hisobga olganda, «Barselona» Rodrining maoshi uchun mavsumiga 34 million yevro sarflaydi. Ushbu chiqimlar, so‘ralayotgan 80 million yevrolik transfer summasi va agentlik komissiyalari bilan birgalikda shartnomaning umumiy qiymatini 210 million yevrogacha oshiradi. Avvalroq inglizlar kataloniyaliklarning futbolchi bo‘yicha dastlabki ikkita taklifini rad etgani ma’lum qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchilarni arzonlashtirilgan narxda sotib olish amaliyoti o‘tmishda qolgan. Bunday ko‘rinishdagi oxirgi yirik transfer germaniyalik Toni Kroosning «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga 12 oy qolganda 20 million yevro evaziga «Real»ga o‘tishi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 15:11, 14.08.2026.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик