Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

50000ta gol aro sayr yoki Bundesliga rekordlari

50000ta gol aro sayr yoki Bundesliga rekordlari

Baho:
+ | -

Karim Belarabi bundesliga tarixidagi yubiley - 50000-gol muallifi sifatida o‘z nomini turnir zarvarag‘iga yozdirib qo‘ydi.

Soccer.ru sayti ijodkorlari shu bahona Germaniya oliy divizioni arxivini ko‘zdan kechirib, bir qator e’tiborga molik ajoyib ko‘rsatkichlar va raqamlarni ajratib ko‘rsatishdi. Uzoq 1962 yilning 28 iyul kuni oberligalar a’zolari majlisida GFRda yagona futbol birinchiligi - bundesligaga asos solish xususida qaror qabul qilingandi. Shu tariqa 1963|1964 yillar mavsumidan e’tiboran bundesliga tarixi boshlandi. Demakki, Germaniya elit divizioni 54 yildan buyon tinmay rivojlanmoqda. Tabiiyki, ortda qolgan davrda juda ko‘plab statistik ma’lumotlar to‘plandi, ajoyib rekordlar qayd etildi. 50 mingta gol - shuning o‘zi katta ahamiyatga ega. 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan «Augsburg» - «Bayer» o‘yinidan so‘ng bundesliga tarixidagi jami gollar soni 50003taga yetdi. Ya’ni hisobni ochgan «dorishunos» - Karim Belarabi yubiley gol muallifi sifatida qayd etildi. Umuman, Germaniya chempionatining har mavsumida muxlislar o‘rtacha hisobda 926tacha gol ko‘rishgan.

Jamoalar

* Bundesliganing barcha 54 mavsumida ishtirok etish birgina «Gamburg»ga nasib etgan. Bu jamoaga nisbatan «dinozavrlar» ta’rifi ishlatilishi bejiz emas. «Verder» hisobida esa 53 mavsum bor. «Bavariya»ga kelsak, myunxenliklar dastlabki 2ta chempionatda qatnashishmagan.Zero, ular liga asoschilari orasida yo‘q edilar. Xullas, bundesliganing eng sovrindor klubi 52 mavsum o‘ynagan. Keyingi o‘rinlarda «Shtutgart» (51 mavsum), «Borussiya» D. (50 mavsum), «Borussiya» M. (49 mavsum) va «Shalke» (49 mavsum) jamoalari bor.

* Bundesligaga asos solinganidan buyon turnirda jami 55ta klub o‘z omadini sinab ko‘rdi. Ayni payt ulardan 3tasi - «Tasmaniya 1900» (Berlin), «VfB Leypsig» va «Blau-Vayss 1890» (Berlin) jamoalari butunlay tugatilgan.

* 25ta chempionlik unvoniga ega «Bavariya» bundesliganing chinakam «shoh» jamoasidir. E’tibor bering, turnirning haqiqiy va ko‘p yillik «gegemon»i mavsumlarning deyarli yarmida «Kumush tovoq»ni begona qilmagan. «Bavariya»ning bu boradagi eng yaqin ta’qibchilari hisobida atigi 5tadan oltin medal bor. Xullas, ular myunxenliklardan 5 baravar ortda qolishyapti. Aytgancha, «Bavariya» avvalgi mavsum o‘z tarixida ilk marta ketma-ket 4 marta chempionat g‘olibiga aylandi. Bungacha «Kumush tovoq» yutish masalasida eng yaxshi seriya 3 mavsumga teng edi. Umuman olganda, 12ta jamoagagina bundesliga taxtiga ko‘tarilish nasib etgan, xolos.

* «Bavariya» yana bir qiziqarli ko‘rsatkichga ega - jamoa naq 5 mavsum 1-turdan oxirgisiga qadar turnir jadvalining yuqorisidan tushmagan. Shuning barobarida myunxenliklar 1985|1986 yillar mavsumi davomida biror marta peshqadam bo‘lmay, faqat so‘nggi turda 1-o‘ringa ko‘tarilib, «Kumush tovoq»ni o‘zlariniki qilishgan.

* Yana 2ta klubning chempionlik yo‘lidagi ko‘rsatkichi diqqatga sazovor. Otto Rexagel qo‘l ostida o‘ynagan «Kayzerslautern» mavsum-1997|1998da elit divizion debyutanti sifatida g‘olib chiqqan. Ya’ni «qizil shaytonlar» ikkinchi bundesligadan ko‘tarilishlari hamono «Kumush tovoq» sohibiga aylanishgan. «Nyurnberg» esa aksincha, 1967|1968 yillar chempionatida «oltin»ga burkanib, keyingi mavsumdayoq bundesliga bilan xayrlashgan.

Futbolchilar

* Bundesligada eng ko‘p chempion bo‘lish rekordi 3 nafar futbolchiga tegishli. Ularning barchalari nemis millatiga mansub va o‘z sovrinlarini «Bavariya» safida qo‘lga kiritishgan. Xullas, Mexmet Sholl, Oliver Kan va Bastian Shvaynshtayger faoliyatlari davomida 8 martadan chempionlik baxtiga musharraf bo‘lishgan. Joriy mavsum yakunida Filipp Lam ham ular qatoriga qo‘shilsa kerak. Ayni payt «Bavariya» sardori hisobida 7ta oltin medal bor.

* Oliver Kan bundesligada hammadan ko‘p g‘alabani tantana qilgan futbolchidir. Sobiq kiper chempionat bahslarida klubining 310ta g‘alabasiga bevosita hissa qo‘shgan. Quruq o‘yinlar bo‘yicha rekord ham aynan Kanga tegishli. U bundesliga doirasidagi 196ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

* Eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan futbolchi - bu Bernard Dis. Avvalgi asrning 70-80-yillari «Duysburg» va «Shalke» safida o‘ynagan Dis bundesliga bahslarida 221 marta maydonni mag‘lub sifatida tark etgan.

* Bundesligada 1031ta o‘yin - Otto Rexagel futbolchi va murabbiy sifatida chempionatning shuncha uchrashuvda ishtirok etgan. Bu eng yuqori natija bo‘lib turibdi. Faqat murabbiylar statistikasi inobatga olinsa ham, «Qirol Otto» birinchi o‘rinda. Futbolchilar orasida esa Karl-Xayns Kyorbel bundesliganing bosh gvardiyachisi hisoblanadi. U «Ayntraxt» (Frankfurt)ning chempionat doirasidagi 602ta o‘yinida maydonga tushgan.

* Hech kim Gerd Myullerning rekordiga yaqinlasholmayapti. Afsonaviy to‘purar bundesliga o‘yinlarida jami 365ta gol urgan. Takrorlanmas Myuller shuning barobarida Germaniya chempioanida naq 7 marta bosh goleador bo‘lgan. 1ta mavsumdagi samaradorlik rekordi ham aynan Gerdga tegishli - 40ta gol (mavsum-1971|1972).

* Xorijliklar orasida bundesliganing eng yaxshi to‘purari - Klaudio Pisarro (Peru). U «Verder» va «Bavariya» sharafini himoya qilib, 190ta goldan xirmon yasagan.

* Jami 26ta golga mualliflik qilgan Xans-Yorg Butt bundesliga tarixidagi eng sermahsul darvozabondir.

* Gol urgan eng yosh futbolchi maqomi Nuri Shaxinga tegishli. Turk o‘g‘loni 17 yoshu 82 kunligida «Borussiya» D. safida gol muallifiga aylangan - 2004|2005 yillar mavsumida. Eng yoshi katta gol muallifi - Miroslav Votava. Bu futbolchi mavsum-1996|1997da «Verder» uchun 40 yoshu 121 kunligida gol urgan.

Murabbiylar

* Bundesliga tarixidagi eng sov-rindor murabbiy - Udo Lattek. U o‘z jamoalarini 8 marta chempionlik shohsupasiga yetaklagan. Aniqroq aytsak,«Bavariya» boshqaruvida 6 marta g‘oliblikka erishgan afsonaviy murabbiy yana 2ta chempionlikni Menxengladbax «Borussiya»si bilan nishonlagan.

* Yupp Xaynkes hisobida 7ta chempionlik unvoni bor. U shundan 4tasini futbolchilik payti qo‘lga kiritgan va keyinchalik murabbiy rolida yana 3 marta shohsupadan joy olgan. Xullas, «aralash» estafeta bo‘yicha aynan Xaynkes yetakchi bo‘lib turibdi.

* Atigi 6 nafar kishiga bundesligada ham futbolchi, ham murabbiy sifatida g‘alaba qozonish nasib etgan. Bular - Gelmut Bentxauz, Yupp Xaynkes, Frans Bekkenbauer, Matias Zammer, Tomas Shaaf va Feliks Magat.

* Udo Lattek faoliyati davomida imkoni bor sovrinlardan 53,3 foizini yutgani bilan faxrlanishga haqli. Ya’ni u Germaniya chempionatining 15 mavsumida 8 marta «Kumush tovoq» sohibi bo‘lgan. To‘g‘ri, Xosep Gvardiola bu borada 100 foizli ko‘rsatkichga ega. Ispan mutaxassisi Angliyaga yo‘l olishiga qadar «Bavariya»da 3 mavsum ishladi va har safar jamoasi bilan g‘oliblikni tantana qildi.

* Eng yosh chempion-murabbiy - Matias Zammer. U 34 yoshu 241 kunligida Dortmund «Borussiya»si (mavsum-2001|2002) ustozi sifatida «Kumush tovoq»ni boshi uzra baland ko‘targan. 68 yoshu 9 kunligida «Bavariya»ning navbatdagi oltin medalini ta’minlagan Yupp Xaynkes esa eng keksa chempiondir (mavsum-2012|2013).

* Feliks Magat 3ta jamoa bilan bundesliga taxtiga ko‘tarilgan yagona shaxsdir. Futbolchi sifatida «Gamburg» bilan chempionlikka erishgan «Temir Feliks» keyinchalik «Volf-sburg» va «Bavariya»ni boshqarib, bu klublarni «Kumush tovoq» sari yetakladi.

Bundesliga tarixidagi barcha chempionlar

1. «Bavariya» (Myunxen) - 25 marta

2-3. «Borussiya» (Dortmund) - 5 marta

2-3. «Borussiya» (Menxengladbax) - 5 marta

4. «Verder» (Bremen) - 4 marta

5-6. «Gamburg» (Gamburg) - 3 marta

5-6. «Shtutgart» (SHtutgart) - 3 marta

7-8. «Kyoln» (Kyoln) - 2 marta

7-8. «Kayzerslautern» (Kayzerslautern) - 2 marta

9-12. «Nyurnberg» (Nyurnberg) - 1 marta

9-12. «Volfsburg» (Volfsburg) -1 marta

9-12. «Ayntraxt» (Braunshveyg) - 1 marta

9-12. «Myunxen 1860» (Myunxen) - 1 marta

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 06.03.2017.
O'qildi: 6613 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.