Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Oliy liga. Mamlakatning eng yaxshi stadioniga 1-turda eng kam muxlis keldi, Namangan va Buxoro bu borada yetakchi

Oliy liga. Mamlakatning eng yaxshi stadioniga 1-turda eng kam muxlis keldi, Namangan va Buxoro bu borada yetakchi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 1-turida eng kam tomoshabin «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurdi.

PFL sayti o‘yinlar hisobi aks etgan sahifalarida stadionlarga qancha muxlis tashrif buyurganiga oydinlik kiritgan. Unga ko‘ra, «Bunyodkor»ning «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuvini ko‘rish uchun 509 ishqiboz kelgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, «Bunyodkor»ning Toshkentdagi shu yil hisobidan ilk rasmiy o‘yiniga 4.339 ishqiboz kelgandi. Ikkinchi o‘yinda tomoshabinlar sonining kamayib ketgani uchrashuv nufuzi bilan bog‘liqmi yoki Sergey Lushchan jamoasining ketma-ket ikki muvaffaqiyatsiz natijasimi — aniq emas. «Bunyodkor» stadionida o‘yin tomosha qilish muxlislar uchun sektoriga qarab 15 yoki 30 mingdan tushadi.

Namanganning «Navbahor» klubi o‘tgan mavsumni «Bunyodkor»dan ancha yomon o‘tkazib, bir amallab Oliy ligada jon saqlab qolgandi. Shunga qarmay klubning «Obod»ga qarshi uchrashuvini ko‘rish uchun 12.311 ishqiboz stadionga kirdi. Bu 1-turning eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

«Buxoro» futbol klubining yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini Namangandagidan birozgina kamroq — 12.200 ishqiboz kuzatib bordi.

«Paxtakor»ning «Qizilqum»ga qarshi o‘yinini 4.153 muxlis stadionda kuzatdi. Bunga stadionga kirishning bepul qilib qo‘yilgani sababmi yoki yo‘q — aniq emas.

Mavzuga oid: «Paxtakor» o‘yinga bir hafta qolganida «Omadli muxlis» lotereyasi haqida jar solgan bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar qatorida Damas avtomobili ham o‘ynalishini aytib o‘tgandi. O‘yin kuni esa Damas keyingi turga qolgani ma’lum bo‘ldi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarning necha foizi uchrashuv kungi xabardan bexabar bo‘lib, «Paxtakor»ga Damas ilinjida kelgani aniq emas. Shuningdek, stadionga talabalar majburan olib kelingan bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar bor.

1-turdagi muxlislar statistikasi

«Navbahor» — «Obod» 2:1 (12.311)
«Buxoro» — «Olmaliq» 1:0 (12.200)
«Qo‘qon-1912» — «Nasaf» 1:2 (8.135)
«Sho‘rtan» — «Neftchi» 1:0 (4.557)
«Paxtakor» — «Qizilqum» 3:1 (4.153)
«Mash’al» — «Lokomotiv» 0:1 (2.024)
«Metallurg» — «Dinamo» 0:2 (1.029)
«Bunyodkor» — «So‘g‘diyona» 1:0 (509).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:42, 06.03.2017.
O'qildi: 9981 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик