Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Barselona" APL futbolchilarini superyulduzga aylanmasidan sotib olmoqchi

"Barselona" APL futbolchilarini superyulduzga aylanmasidan sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi yozgi transfer oynasi oldidan o‘zgacha ish tutish strategiyasini ishlab chiqdi.

Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi transfer bozorida "Rafinya formulasi"ni qo‘llashni rejalashtirmoqda. Ushbu strategiyaga ko‘ra, klub Angliya Premyer-ligasida to‘p surayotgan, hali superyulduz darajasiga chiqib ulgurmagan yosh iqtidorlarni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Ayni damda "Chelsi" hujumchisi Joao Pedro "ko‘k-anorranglilar"ning ustuvor maqsadlaridan biriga aylangan. Braziliyalik futbolchining transfer qiymati taxminan 65 million funt sterlingga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 2022 yilda Rafinyani "Lids" klubidan 58 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘sha vaqtda braziliyalik futbolchi 25 yoshda bo‘lgan. Joriy mavsumda Rafinya kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:32, 10.05.2026.
O'qildi: 12694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик