Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn - Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Butunjahon antidoping agentligi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Butunjahon antidoping agentligi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
9-10 mart kunlari poytaxtimizga Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tom Mey va ushbu tashkilotlar bilan aloqa bo‘yicha menejeri Fransisko Leonlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Farxod Turdiyev va Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi. 
Ma’lumki, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2003-yilning fevralida Antidoping Kodeksi tashkil etilganligi xaqida rasman e’lon qilgan va bu xaqda barcha Milliy olimpiya qo‘mitalariga xabar yo‘llagandi. Keyinchalik butun dunyodagi Milliy olimpiya qo‘mitalari bu tashabbusni qo‘llab quvvatladilar va mazkur muhim hujjatni imzolashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 
2003-yilning 3-5 mart kunlari Kopengagen (Daniya) shahrida bo‘lib o‘tgan sportda dopingga qarshi kurash mavzusidagi Konferensiyada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro sport federasiyalari va qator Milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirokida antidoping Kodeksi rasman qabul qilingan bo‘lib, u Butunjahon antidoping agentligining dopingga qarshi kurashish masalasida aytish kerakki, birinchi yirik hujjatiga aylandi. 
Mazkur Kodeks antidoping siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan holda sportda dopinga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda 626 ta Xalqaro tashkilotlar va 205 ta Milliy olimpiya qo‘mitalari ushbu Kodeksni imzolab, uni rasman tan olishgan. Butunjahon antidoping Kodeksi dunyodagi barcha antidoping dasturlarini boshqaruvchi asosiy xujjat hisoblanadi. Kodeks doirasida har bir mamlakat maxsus tadqiqotlar va testlar o‘tkazish, natijalarni tahlil etish kabi faoliyatni olib borishi shart. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo Mintaqaviy antidoping tashkiloti ko‘magida mazkur dasturlarni amalga oshirish va xayotga tadbiq etish uchun mas’ul hisoblanadi. Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari vakillarining yurtimizga tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashish bo‘lib, O‘zbekistonda Milliy antidoping tashkilotini tuzish imkoniyatlarini muxokama qilish edi. 
Oxirgi paytda O‘zbekiston sportchilarining xalqaro maydonda erishayotgan natijalari yuksalib borayotganini hisobga olib va ayniqsa so‘nggi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zbek sportchilarining zafarli yurishlaridan so‘ng Butunjahon antidoping agentligi (WADA) mamlakatimizda ham mustaqil Milliy antidoping tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqmoqda. O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatladilar. 
Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilaridan tashqari shuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ham ishtirok etishdi. 
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:49, 10.03.2017.
O'qildi: 7407 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.