Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kanada terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun pul taklif qilgan

Kanada terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun pul taklif qilgan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida bir qator jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Daryo” manbalariga ko‘ra, Kanada futbol assosiasiyasi O‘zbekiston bilan sparring o‘yini tashkil qilish taklifi bilan chiqqan. Shimoliy Amerika jamoasi bu bahsni o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga 50 ming dollar taklif qilgani aytilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘yin borasida tomonlar kelishuvga erishgan. Avvalroq O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar bo‘limining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev 2026 yil 1 iyunda Jahon chempionati mezbonlaridan biri bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv bo‘lganini ma’lum qilgandi. “Daryo” manbasining qayd etishicha, mazkur raqib — Kanada.

Shu bilan birga, O‘zbekiston mart oyida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi. Hatto O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning sobiq FIFA hakami, hozirda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti bo‘lib ishlayotgan Pedro Proensa bilan muloqot qilgani aytilgandi.

Ammo 5 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan qur’ada O‘zbekiston va Portugaliya bir guruhdan joy oldi. Bu esa Jahon chempionati oldidan ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lmasligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSH maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo/YAmayka/YAngi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:00, 06.12.2025.
O'qildi: 4345 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.