Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Artur Gevorkyan: «O‘zbekiston – ikkinchi uyim»

Artur Gevorkyan: «O‘zbekiston – ikkinchi uyim»

Baho:
+ | -

Ukrainalik taniqli futbol jurnalisti, tahlilchi Viktor Yeryomin-Xoxlyuk yaqinda Oleg Protasov nomidagi to‘p­urarlar klubini tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, mazkur klub a’zoligiga xorij chempionatlarida 100tadan ko‘p gol urgan sobiq ittifoq hududidagi futbolchilar kirishlari mumkin. E’tiborlisi, mazkur faxriy klubga asos solinishi bilan biz uchun yaxshi tanish futbolchi, samarali harakatlari bilan yurtimizdagi muxlislarda iliq taassurot uyg‘otgan turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyan ham darhol uning a’zosiga aylandi. Shu munosabat bilan g‘oya muallifi ayni payt «Qizilqum» sharafini himoya qilayotgan futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, uni shaxsan qutladi.

- Salom, Artur! Xo‘sh, futboldagi ishlaringiz qanday ketyapti?

- Shukrki, hayot va sport sohasidagi barcha ishlarim ko‘ngildagidek davom etmoqda. Mana, qishki ta’tilni yakunlab oldik. Buyog‘iga yangi mavsum tashvishlari boshlandi. Ayni payt men va jamoam uchun eng muhimi - mavsumni ijobiy natija bilan boshlash.

- Ochig‘ini aytganda, «Lokomotiv»­dek klubdan ketishingizni ko‘pchilik kutmagandi...

- Ehtimol... Lekin bu futbol va unda kutilmagan hodisalar uchrab turadi. Chindan ham, «Lokomotiv» - barcha futbolchilar havas qiladigan ajoyib jamoa. Biroq taqdir shunday ekanki, vaqti kelib, biz o‘zaro munosabatlarga nuqta qo‘ydik.

- Yakunda faoliyatingizni yana O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qildingiz. Aytingchi, xorijdan ham qandaydir takliflar tushdimi?

- Bilasizmi, O‘zbekiston men uchun allaqachon ikkinchi uyimga aylanib qolgan va qaror qabul qilish vaqti xuddi shu omilga tayanib ish ko‘rdim. Boshqacha aytganda, navbatdagi ish joyi sifatida «Qizilqum»ni tanlashimda ayni sabab katta rol o‘ynadi. Xabaringiz bordir, deyarli 10 yildan buyon O‘zbekiston klublarida to‘p suryapman va bu yer menga tanish, qadrdon bo‘lib qoldi. Xullas, Navoiy klubi bilan yozning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani rasmiylashtirdim. Keyingi voqealar qanday tus olishini vaqt ko‘rsatadi. Oddiy aytganda, ayni payt faqat «Qizilqum» haqida o‘ylayapman.

- «Qizilqum»da ham o‘ng qanot yarim himoyasida harakatlansangiz kerak, shundaymi?

- To‘g‘risini aytsam, o‘zimni himoyaviy harakatlardan ko‘ra, hujumda qulayroq his qilaman va oldinda foydaliroq to‘p sursam kerak. Shunday ekan, tabiiyki, ko‘proq hujumkorlikka e’tibor qarataman. Ta’kidlaganingizdek, yangi klubimda ham o‘ng qanot hujumchisi vazifasini bajarsam, ajabmas. Lekin eng muhimi, qaysi chiziqda o‘ynashimdan qat’iy nazar, jamoaga foydam tegsa, bas.

- Bilasizmi, yaqinda Oleg Protasov nomidagi to‘purarlar ramziy klubini tuzdik. Sizni shu klub a’zoligiga qabul qilinganingiz munosabati bilan alohida tabriklaymiz...

- Katta rahmat! Sir bo‘lmasa, bu klubga a’zolikning sharti qanday?

- Asosiy shart - xorij chempionatlari klublari safida 100tadan ko‘p gol urish! Bu klub sobiq ittifoq hududidan chiqqan va shunday ko‘rsatkich qayd etgan futbolchilardan tashkil topadi. Ayni payt adashmasak, sizning hisobingizda xorij klublarida urilgan 117ta gol bor. Demak, shak-shubhasiz, maxsus talabni bajargan hisoblanasiz va shu tufayli klubga qabul qilindingiz.

- Mana hammasi tushunarli. E’tibor uchun yana bir bor rahmat!

- Turkmaniston terma jamoasi sharafini himoya qilishda davom etasizmi yoki...?

- Tanamda kuch-quvvat bor ekan, terma jamoamga qo‘ldan kelganicha yordam berishga tayyorman. Agar xizmatlarimga ehtiyoj tug‘ilsa va menga chaqiruv qog‘ozi yuborishsa, tabiiyki, darhol milliy jamoa ixtiyoriga yetib boraman.

Ma’lumot o‘rnida alohida ta’kidlab o‘tish lozim, Artur Gevorkyan 2006 yildan buyon O‘zbekistonning turli klublarida faoliyat yuritmoqda. U xususan, «Sho‘rtan», «Paxtakor», «Nasaf» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qildi. Bu davrda yarim himoyachi rasmiy turnirlarda 347 marta maydonga tushib, 117ta gol muallifiga aylandi. Qolaversa, Gevorkyan O‘zbekiston chempioni maqomiga erishib, kubok bahslarida ham sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. U shuningdek, «Nasaf» tarkibida OFK kubogi bosh sovrinini ham qo‘lga kiritdi (2011 yili). Darvoqe, Artur 2 marta chempionatning eng yaxshi legioneri sifatida tan olingan (2013 va 2014 yillar). 2014 yilgi mavsumda esa O‘zbekiston chempionati bosh to‘purariga atalgan sovringa ega chiqdi. Gevorkyanning Turkmaniston terma jamoa­si safida 14ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urganini ham qo‘shimcha ma’lumot sifatida keltirish joiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 12.03.2017.
O'qildi: 9786 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.