Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 1-1 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-1 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Ilhom Mo‘minjonov: “Hujum chizig‘imizda oqsoqlik kuzatilmoqda”

Ilhom Mo‘minjonov: “Hujum chizig‘imizda oqsoqlik kuzatilmoqda”

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob qaytardi.

"O‘yin haqida gap ketganida raqibning dastlabki va butun bahs davomidagi yagona burchak to‘pidan keyin o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. O‘sha vaziyatda futbolchilarimiz bir muddatga diqqat e’tiborni yo‘qotib, oxirigacha o‘ynay olishmadi. Bu esa hisobni ochilishiga sababchi bo‘ldi. “Vodiy derbi”siga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgandik. “Neftchi”ning har bir chiziqda namoyish etadigan o‘yinini maxsus tayyorlangan videorolik orqali jamoamiz a’zolari bilan birgalikda ko‘rib chiqqandik. Bugun hujumda sovuqqonlik bilan harakat qilish yetishmadi. Bundan tashqari biroz omadimiz ham chopmadi. Raqib darvozasi oldidan bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Yigitlarga dastlabki 15 daqiqada tezkor gol urishga intilishlari kerakligini aytib o‘tgandim. Futbolchilarimiz maydonda Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsdagi kabi to‘p surishgani uchun ularga rahmat aytaman. Iroda namoyish etib, durangni ta’minlashni uddasidan chiqishdi. Uchrashuv yakunlanishiga 5-6 daqiqa qolganida g‘alabani ilib ketish maqsadida to‘pni oldinga tepib, gol urishgani uchun o‘yinimiz biroz o‘xshamadi. Qolgan vaqt davomida esa asosan to‘pni bir-birlariga aniq oshirish orqali o‘yin ko‘rsatishgandi. Hujumdagi harakatlarimizda biroz oqsoqlik kuzatilmoqda. Aynan shu sababli durang bilan cheklanishga majbur bo‘ldik. Mashg‘ulotlarda bu kabi xato va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ish olib boramiz. Ortda qolgan uchta turda Saidov, G‘ofurov va Komilov kabi hujum chizig‘ida to‘p surmaydigan futbolchilar gol urishdi. Shu sababli hujumchilarimizdan gol talab qilaman. Bugun Yovanovich penaltidan gol urgan bo‘lsada uni o‘yindan gol urishini istayman. O‘z navbatida himoyada ham kamchiliklar mavjud. Maqsadimiz har bir uchrashuvda o‘z darvozamiz daxlsizligini ta’minlashdan iborat. Lekin, ortda qolgan uchta o‘yinda to‘rtta gol o‘tkazib yubordik. Uchta turda gol urishga erishgan bo‘lsakda, hujumchilarimizni ham gol mualliflari bo‘lishini xohlayman. Yovanovichni 2016 yilgi chempionatda namoyish etgan o‘yinlari uchun jamoaga taklif etgandik. Hujumchimiz 3-turda dastlabki golini urishga erishdi. Yanada jiddiy tarzda ishlab natijalarimizni yaxshilashga e’tibor qaratamiz. Har bir o‘yin biz uchun juda muhim. Tarkibga shu sababli tajribali futbolchilarni jalb etganmiz. Navbatdagi turdagi raqibimiz uchta turda yuz foizlik natijani qayd etishga erishdi. Qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar “Dinamo”ga qarshi o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Hattoki, durang natija ham bizni qoniqtirmaydi. Chunki ortga endi yo‘l yo‘q. Ro‘zimboy Ahmedov betob bo‘lganligi sababli mashg‘ulotlarda qatnasha olmadi. Ayni paytda to‘liq sog‘ayib ulgurmaganligi sababli, bugun uni qaydnomaga kiritilmadi. Hujumchimizni yo‘qligi ham bugun bilindi" - dedi Mo‘minjonov. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:40, 16.03.2017.
O'qildi: 9760 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.