Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

«Jinoyat» va jazo yoki hakamlarning kechirilmas xatolari

«Jinoyat» va jazo yoki hakamlarning kechirilmas xatolari

Baho:
+ | -

Soccer.ru ijodkorlari hakamlar faoliyatiga bog‘liq turli voqealarni jamlab, maqola yozishdi.

Mana, JCH-2018 saralash o‘yinlarida kuzatilgan va referilarga bevosita daxldor bo‘lgan kutilmagan voqeliklar ularni yaqin o‘tmishga qarab, bu mavzuda yana bir maqola chop etishga undadi.

Rossiya mundialidan mosuvo

Jozef Lampti (Gana). Afrikalik past bo‘yli referi 2016 yilning 12 noyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasida JAR va Senegal terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahsni boshqarib bordi. O‘shanda Jozef senegalliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Aslida esa to‘p mehmon jamoa himoyachisi Kalidu Kulibalining qo‘li emas, balki tizzasiga tekkandi. «Napoli» vakili jon holatda qoidaga xilof ish tutmaganini qanchalik ta’kidlamasin, referi o‘z qarorini o‘zgartirmadi - penalti!  Yakunda JAR termasining 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini e’tiborga olsak, Lampti yo‘l qo‘ygan xato natijaga bevosita ta’sir o‘tkazgan. FIFAda esa hozir mehribon Yozef Blatter emas, Janni Infantino rahbarlik qilayotgani barchaga ma’lum. Xullas, futbolning oliy organi mutasaddilari mazkur voqeaga jiddiy yondashishdi va maxsus tekshiruv-tahlil ishlaridan so‘ng ganalik referini umrbod hakamlikdan chetlatishdi. Ammo bir narsa qiziq, Jozef Lampti darhaqiqat, JAR termasiga yordam bergan bo‘lsa, buning ortida qanday manfaat turgan? Agar gap bukmekerlik masalasiga taqalsa, hammasi tushunarli. Lekin hakamni janubiy afrikaliklar yo‘ldan urgan bo‘lsalar-chi?! Unda Senegal termasiga nega 3 ochko qaytarib berilmadi? Ha, haqiqiy «topishmoq»...

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

Mastlik «g‘olib» chiqqanida...

Sergey Shmolik (Belarus). Tabiiyki, bu hakam ko‘pchilik uchun notanish. Ammo Sergey Shmolikning qanday «hunar» ko‘rsatganini bilib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Deylik, buning uchun internet tarmog‘iga murojaat qilib, bundan 9 yil avval «Vitebsk» va «Naftan» klublari o‘rtasida o‘tkazilgan bahs videoyozuvini qidirsangiz, bas. Gap shundaki, Sergey o‘yindan oldin ozgina «xursandchilik» qilib olgan va bu butun 90 daqiqa davomida yaqqol sezilib qolgandi. Referining o‘zini g‘alati tutayotgani ishqibozlarda katta qiziqish uyg‘otgani ham rost. Shu sababmi, o‘yin lavhalari darhol internetga joylashtirilgan. Xullas, uchrashuvni mast holda boshqargan Shmolik bir zumda «qahramon»ga aylandi. Ammo shunisi borki, bu «qahramon»lik oqibatida uning hakamlik faoliyati darhol to‘xtatildi. To‘g‘ri, Sergey anchagacha o‘zini oqlashga urindi. Deylik, ingliz yoki nemis hakamlari ham «qittak-qittak» qilib turishlarini ta’kidladi. Ammo... Boz ustiga, eskpertiza ham Shmolikning o‘sha kuni qattiq mast bo‘lganini tasdiqladi. Oqibat nima? Xayr, hushtak, xayr futbol...

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

O‘rtaga qimor aralashsa...

Andranik Arsenyan (Armaniston). Mazkur voqea 2013 yili ro‘y berdi. Yevropa Ligasi doirasida «Inter» (Finlyandiya) va  «Vikingur» (Farer orollari) klublari o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan Armaniston vakili atayin bir tomonga yon bosdi. Qisqasi, u «Vikingur»ning g‘alaba qozonishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi va yakunda maqsadiga erishdi ham - Finlyandiya klubi mag‘lub. Ke-yinroq o‘tkazilgan tergov-muhokamalar davomida Arsenyan o‘yinning 3-daqiqasida yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatosini tan oldi va mahalliy federasiya tomonidan umrbod futboldan chetlatildi. Lekin UYEFA mutasaddilari bu bilan tinchimadilar. Zero, ular bukmekerlik idoralarida o‘yin natijasi uchun tikilgan summalar miqdoriga qarab, hammasi qimorga bog‘liq ekanlinini pay-qab qolishgandi. Axir bunday «oddiy» o‘yinga 300 ming yevro tikilgani chindan ham, shubha uyg‘otadi. Yakunda Arsen-yan va uning yordamchilarining sud qora kursisida javob berishlariga to‘g‘ri keldi. To‘g‘ri, baxtlariga sud muhokamasi Finlyandiyada emas, bosh-qa joyda bo‘ldi. Aks holda, bechora hakamlar u yerdagi «shinam» qamoqxonada ancha  qiynalishlari hech gap emasdi.

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

Germaniyada xorvat mafiyasi

Robert Xoyser (Germaniya). Hakamning pora olishiga bog‘liq eng shov-shuvli mojarodan biri Robert bilan yuz berdi. Chunonchi, uning 2005 yili ikkinchi bundesliga o‘yinida «buyurtma» natijani ta’minlash evaziga xorvatiyalik firibgarlardan 67 ming yevro miqdorida pora olgani oshkor bo‘ldi. Xoyserning xizmat vakolatini suiste’mol qilgani aniqlangach, Germaniya futbol ittifoqi uni jazolashni paysalga solmadi - umrbod diskvalifikasiya. Lekin bechora referi shu bilan qutulgani yo‘q. Zero, oradan ko‘p o‘tmay, hakamlik ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi va yakunda Robert 25 oy muddatga panjara ortiga jo‘natildi. To‘g‘ri, u qamoqda o‘zini yaxshi tutgani, ya’ni ijobiy xulq-atfori uchun 14 oydan so‘ng ozodlikka chiqdi. Lekin qamoq - qamoqda, baribir... Darvoqe, olg‘ir xorvatlar Xoyser vositasida chamasi 2 million yevro foyda ko‘rishgan ekan. Harqalay, G‘arb OAVda shu mazmunda xabarlar berilgandi.

Hukm:umrbod diskvalifikasiya

Baqir-chaqir va adashtirish

Oleg Orexov (Ukraina). Ko‘pchilikka ma’lum, Ostap Sulaymon Berta Mariya Bender-bey - buyuk adabiy personaj. Ammo nima bo‘lganda ham, u shunchaki, to‘qima obraz. Real hayotda esa oqko‘ngil va mehribon muttahamni uchratish qiyin. Negaki, hech kim o‘zidan-o‘zi aybini ochiq tan olmaydi. Kiyevlik «ishbilarmon» hakam Oleg Orexov 41 yoshga to‘lgan payti osongina pul topishni istab, to‘g‘ri yo‘ldan adashdi. U tabiiyki, qilmishini birov sezmasligini o‘ylagan, ammo FIFAdagi tegishli mutasaddilar shubhali harakatlaridan ba’zi o‘yinlar natijasiga ta’sir o‘tkazgani va bu ishi «qora bukmekerlar»ga bog‘liqligini osongina payqashdi. Tashkilotning maxsus qo‘mitasi surishtiruv ishlari davomida «Orexov ishi» bo‘yicha xorvatiyalik guvohdan tashqari, vijdoniga qarshi borolmay, haqiqatni aytadigan hakamni ham topdi. Mazkur voqealar ro‘y bergan payt, ya’ni 2010 yili Oleg Borisovichning FIFA referisi maqomini olganiga 8 yil to‘lgandi. Jazo ancha qat’iy ko‘rinish oldi - umrbod diskvalifikasiya. Lozanna sudiga jo‘natilgan arz-dodli apellyasiya  esa ish bermadi. Oqibatda FIFA referilari soni bittaga kamaydiyu, baqiroqlar safi kengaydi. Chunonchi, Orexovning arziga quloq solinmagach, u Ukrainadagi barcha klublar hakamlarga pora berishi, Kollina esa hammasidan shunchaki, ko‘z yumishi haqida tinmay ayyuhannos sola boshladi. Biroq bari befoyda...

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

Hammasi «Tobol»ga qarshi

Sergey Pasko (Qozog‘iston). Qarangki, hakamga nisbatan qo‘llanilgan umrbod jazo chorasi qo‘shni - Qozog‘istonda ham kuzatilgan. Voqea qahramoni - Qozog‘iston terma jamoasi sobiq a’zosi Sergey Pasko. U butsalarini mixga ilgach, salohiyatini hakamlikda ham sinab ko‘rishga ahd qildi. Xususan, 2012 yili «Tobol» va «Taraz» klublari o‘rtasidagi bahsni boshqardi. E’tiborlisi, Pasko uchrashuvda butunlay mehmonlar tomon «yotib olib», avvaliga mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi, keyin «Tobol»ning haqqoniy golini hisobga olmadi. O‘sha vaqt «Tobol»ni «Terek»ning sobiq ustozi Vyacheslav Grozniy boshqarardi va u o‘jarlik bilan o‘yindagi hakamlikni alohida ko‘rib chiqishni talab qildi. Natijada Pasko umrining oxirigacha hakamlik ishlaridan chetga surildi.

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

Shaharda «kovboy»

Gabriel Murti (Braziliya). 2015 yili Braziliyada havaskor jamoalar ishtirokida o‘tgan o‘yinni boshqargan hakam butun dunyoga dong taratishni  xohlab qoldi, shekilli. Aniqroq aytsak, o‘yin vaqti futbolchilar Murtining  asabini buzishgach, u avvaliga murabbiylarni haqoratladi, keyin esa kutilmaganda kiyinish xonasi tomon yugurib ketdi. Eng qizig‘i, hakam tezda ortda qaytdi - qo‘liga to‘pponcha tutgan holda... Xullas, vajohat bilan qaytgan Gabriel to‘pponchani silkitgancha hammaga o‘dag‘ayladi, baqirdi. Xayriyatki, laynsmenlar uni bir amallab tinchlantirib, to‘pponchadan o‘q uzilishiga yo‘l qo‘yishmadi. Ammo mamlakat futboli rahbarlari bunday badjahl referini omma oldida ishlashga noloyiq ko‘rishdi. Oddiy aytganda, Gabrielni butunlay chetlashtirishdi. Albatta, bunaqasi kamdan-kam holda uchraydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, Murti aslida polisiya xodimi edi va qaysidir ma’noda uni tushunish mumkindir. Deylik, Braziliyada jinoyatchilik darajasi juda baland va mahalliy polisiyachilar darhol keskin chora ko‘rishga odatlanib qolishgan. Biroq futbol maydoni - xavfli ko‘cha emas. Shu bois, Murtiga tergovdan so‘ng ruhshunosga uchrash tavsiya qilindi.  

Hukm: umrbod diskvalifikasiya

Hakamga oson emas

Tabiiyki, bir umrlik diskvalifikasiya - aybdor uchun berilgan munosib jazo. Lekin ba’zida bundan-da fojialiroq misollar uchrab turadi. Deylik, o‘tgan yilning noyabrida Meksika chempionatida yoqimsiz holat kuzatildi: asabiy futbolchilardan biri qizil kartochga olganiga chidolmay, bosh hakam yuziga musht tushirdi. Oqibatda bechora hakam kuchli miya chayqalishi tufayli hayotdan ko‘z yumdi. 2015 yili AQSHda ham shunga o‘xshash ayanchli voqea ro‘y bergandi. Umuman, hakamlik dunyodagi eng mashaqqatli va xavfli kasblardan biridir.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 11.04.2017.
O'qildi: 21223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.