Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zbekistonlik Shavkat Salomov Qozog‘istonning «Atirau» klubi safidagi ilk golini urdi

Baho:
+ | -

Faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettirayotgan futbolchi Shavkat Salomov 6-turga kelib raqib darvozasiga yo‘l topdi.

Chempionat boshidan buyon barcha o‘yinlarni asosiy tarkibda o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik futbolchi gol urgan o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi va «Atirau» 1 ochko ishlab oldi. Shu tariqa uning jamoasi to‘plagan ochkolar soni -6 taga yetdi.

«Atirau» mamlakat futbol federasiyasi qaroriga ko‘ra, chempionatni -9 ochko bilan boshlagandi. Dastlabki olti turda qo‘lga kiritilgan 3 ochko natijasida ochkolar endi -6 taga yetdi.

O‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Aleksandr Geynrix esa jamoasining «Qaysar»ga qarshi o‘yinida 84-daqiqadan boshlab harakat qildi.

Qayd etish kerak, chempionat startidan buyon klub bosh murabbiyi Aleksey Petrushin Geynrixga 4 ta o‘yinda imkoniyat berdi va ularning barchasida futbolchini zaxiradan maydonga tushirdi. Shu tariqa Geynrix joriy mavsumning olti turida jami 54 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Salomov O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi hisoblanmaydi, Geynrix esa Samvel Babayan jamoasidan muntazam chaqiruv qog‘ozi oladi.

Qozog‘iston Premyer-ligasi
6-tur
12 aprel, chorshanba

«Atirau» — «Shaxtyor» 3:3

Gollar: Daurenbek Tajimbetov, 11 (0:1). Shavkat Salomov, 28 (1:1). Rinat Xayrullin, 30 (1:2). Yure Obshivas, 78 (2:2). Sergey Skorix, 83-avt (3:2). Oralxan Omirtayev, 90+1 (3:3).

«Ordabasi» — «Qaysar» 1:0

Gol: Otar Marsvaladze, 52 (1:0).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:31, 14.04.2017.
O'qildi: 4752 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик