Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Oleg Tyulkin: «Peshqadamlar safiga qaytganimizdan xursandmiz»

Oleg Tyulkin: «Peshqadamlar safiga qaytganimizdan xursandmiz»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Buxoro» (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo tabrik uchun rahmat. «Buxoro»ga qarshi bizni juda og‘ir o‘yin kutib turganligini bilardik. Chunki «Buxoro» ancha kuchli jamoa sanaladi. O‘yin biz uchun omadli bo‘ldi deyishim mumkin. Vaziyatlardan unumli foydalanib, ikkita gol urib olgandik. Shundan keyin natijani saqlab qolish uchun to‘p surmoqchi bo‘lganimiz bizga pand berib, raqib hisobni 2:1 ga qisqartirdi. Aynan shu bois, o‘yin yakunigacha jamoalar ancha asabiy o‘yin namoyish etishdi. Aynan mana shunday o‘yinchilar «Dinamo»dek yosh jamoalarga katta tajriba bo‘ladi. Muhim g‘alabaga erishganimizdan, peshqadamlar safiga qaytganimizdan juda xursandmiz.

- O‘yindan oldin nimalarni kutgan edingiz?

- So‘nggi ikkita o‘yindagi tengkurashlarda «Navbahor» va «Qo‘qon-1912» jamoalariga mag‘lub bo‘lgandik. Omad biz tomonda emasdi. Bugun esa omadimiz keldi va g‘alabaga erishdik.

- O‘tgan turda «Navbahor» bosh murabbiyi, bugun esa «Buxoro» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev «Dinamo» qanotlar bo‘ylab yaxshi hujumlar tashkil etayotganligini aytishdi. «Navbahor» murabbiyi o‘tgan safar jamoa g‘alabasini qanotlarni yopa olgani bilan izohladi. Aytintingchi, «Dinamo» markazdan ko‘proq hujumlar tashkil etilishi borasida ishlar olib borilayaptimi?

- Albatta, bu borada ishlar olib borayapmiz. Nega ko‘proq qanotlar orqali o‘ynaymiz? Sababi qanotlarda futbolchilar kamroq, markazda esa raqiblar ancha ko‘p bo‘ladi. Ko‘proq qanotdan o‘ynashimizga yana bir sabab, bizda tezkor yarimhimoyachilar borligidan. Jamoamiz ancha yosh shu bois barqarorlik doim ham kuzatilmasligi mumkin. E’tibor bering, bizda eng «oqsaqol» himoyachi 23 yoshda! (zalda kulgu)

Jamoamiz iqtidorli yosh futbolchilardan iborat. Biz ularga ishonishda, qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

- O‘tgan so‘nggi 6 ta tur o‘yinlaridan so‘ng, «Buxoro»ga qarshi o‘yin eng og‘ir bahs bo‘ldi desa bo‘ladimi?

- Fikrimcha, biz uchun hammasi juda og‘ir va qiyin o‘tdi. Bugungi bahs ham shiddat va asabiylik borasida ancha baland bo‘ldi. To‘g‘ri, «Dinamo»da tajriba yetishmayotgan bo‘lishi mumkin, har qanday holatda ham barcha futbolchilar maydonga chiqib bor kuchlarini sarflashmoqda. Har bir ochkoni maydondagi «jang»lar orqali ishlayapmiz.

- Jamoa muvaffaqiyatlarida muxlislarning o‘rni qanday bo‘lmoqda?

- Bu shunchaki ertakdagidek! Bundan ortig‘i bo‘lishi mumkin emas. Samarqanddagi uchta o‘yinimizda o‘yingoh to‘lib, muxlislar tinmay qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bekobodda, Toshkentda, Qo‘qondagi o‘yinlarda ham yuzlab muxlislarimizning jamoamizning 12-o‘yinchisi ekanligini his etib turdik. G‘alabalarda ularning hissasi katta, biz nihoyatda minnatdormiz.

- Futbolchilarning sariq kartochkalar ko‘p olayotgani, keyingi o‘yinlarda ta’sirini o‘tkazmaydimi?

- Bu borada ish olib boramiz. Ba’zi holatlarda yosh futbolchilarimizda tajriba yetishmayapti. Yigitlar o‘yinga juda qattiq berilayotganliklaridan bunday holatlar sodir bo‘lmoqda. Chunki yigitlarda ishtiyoq juda katta. Umid qilamanki, mana shunday ruhda davom etib, muxlislarni xursand quvontiramiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:45, 16.04.2017.
O'qildi: 4438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.