The Athletic anonim manbalariga tayanib, vinger Yan Diomande unga katta qiziqish bildirgan «PSJ» yoki «Liverpul»ni emas, madridning «Real» klubiga o‘tish qarorini qabul qilganining sabablarini oshkor qildi.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo va klub rahbariyati o‘rtasidagi rejalashtirish yig‘ilishida o‘ng qanotni kuchaytirish zarurligi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Unda «Real» ko‘pincha asosiy e’tiborni Vinisius Junior, Jud Bellingem va Kilian Mbappe markaziy o‘rinni egallagan chap qanotga qaratishi ta’kidlangan. Karama-qarshi qanotda kreativlikning yo‘qligi jamoaning hujumkor imkoniyatlarini cheklab qo‘yishi va raqiblarning himoyalanishini yengillashtirishi haqida fikr bildirilgan.
Ushbu nuqtai nazar «Real»ning Diomande bilan olib borgan muzokaralari davomida unga tushuntirilgan va bunda Mourinyo asosiy rolni o‘ynagan. Klub shuningdek, bunday vaziyatlardagi o‘zining odatdagi usulini qo‘llab, Diomandega «Real»ning oq libosini sovg‘a qilgan. Unga shaxsiy va jamoaviy o‘sish imkoniyatlarini taklif qiluvchi karyerani rivojlantirish rejasi ham taqdim etilgan va misol tariqasida Vinisius Juniorning karyerasi keltirilgan. Shu tariqa, «Real» futbolchi uchun kurashda raqiblarini ortda qoldirdi.













