Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Chempionlar ligasi chorakfinali faktlari

Chempionlar ligasi chorakfinali faktlari

Baho:
+ | -

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Yuventus» - «Barselona» o‘yini (3:0)da Paulo Dibala «dubl» qayd etib, bosh qahramon bo‘lgandi. Ertasiga Kilian Mbappe («Monako») va Krishtianu Ronaldu («Real») ham shunday karomat ko‘rsatishdi. Xullas, 1|4 final doirasidagi dastlabki o‘yinlarning 3tasida chinakam qahramon ko‘zga tashlandi.

*** «Real» himoyachisi Serxio Ramos CHL tarixida 100ta o‘yin marrasiga yetgan 30-futbolchi bo‘lishga yaqin. Ispaniyalik chin sardor «Bavariya»ga qarshi birinchi bahsda to‘liq vaqt harakatlandi. Bu uning uchun asosiy yevrokubok turniridagi 99-uchrashuv edi. Demak, Serxio bugun Madriddagi javob bahsida yubiley - 100-o‘yinini nishonlashi mumkin.

*** «Bavariya» - «Real» o‘yini taqdirini hal qilgan Krishtianu Ronaldu CHLning o‘tgan haftadagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. U maxsus so‘rovda 57 foiz ovoz to‘plab, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala (33 foiz) va «Monako» «durdona»si Kilian Mbappe (6 foiz)ni ortda qoldirdi.

*** «Atletiko» chorak finalning ilk o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. CHL «pley-off» raundlarini hisobga olsak, «matraschilar» shu bilan  o‘z maydonlaridagi ketma-ket 9ta uchrashuvda raqiblarga gol urish imkoniyatini berishmadi.

*** «Monako» yarim himoyachisi Kilian Mbappe CHL tarixida «pley-off» raundlarida «dubl»ga erishgan eng yosh futbolchi maqomini oldi. U Dortmundda «Borussiya» darvozasiga 2ta gol urgancha muxlislar bilan to‘lgan tribunalarni sukut saqlashga majbur etgan oqshom 18 yoshu 133 kunlik edi. Umuman, fransiyalik o‘smir yigit joriy mavsum «Monako» uchun barcha turnirlarda urgan gollari sonini 21ta (34ta o‘yinda)ga yetkazib qo‘ydi.

*** «Monako» himoyachisi Fabinyo «Borussiya»ga qarshi o‘yinning 17-daqiqasida  penaltidan foydalanolmadi. Aniqrog‘i, 23 yoshli braziliyalik ijrosidagi zarba noaniq chiqdi. E’tiborlisi, Fabinyo bungacha barcha turnirlar doirasida ketma-ket 15ta penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgandi. Umuman, u «Monako»ning o‘yinida 11 metrli jarima zarbasini birinchi marta ko‘kka sovurdi.

*** Portugaliyalik 32 yoshli Krishtianu Ronaldu yevrokuboklarda 100ta gol marrasini zabt etgan birinchi futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 143ta o‘yin kerak bo‘ldi.To‘purarlar reytingining 2-pog‘onasi «Barselona» yetakchisi Lionel Messiga tegishli - 118ta o‘yinda 97ta gol.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 18.04.2017.
O'qildi: 6241 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик