Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ahmedov: «Rossiyaga qaytmayman, 2-3 yil Xitoyda o‘ynab, keyin O‘zbekistonga ketaman»

Ahmedov: «Rossiyaga qaytmayman, 2-3 yil Xitoyda o‘ynab, keyin O‘zbekistonga ketaman»

Baho:
+ | -

«Shanxay SIPG» yarimhimoyachisi Odil Ahmedov nega «Krasnodar» klubini tark etgani haqida gapirib berdi.

«Rossiyaga qaytmayman, 2-3 yil Xitoyda o‘ynab, keyin uyga qaytaman. Vaqti keldi.

Shalimov «Krasnodar»ni boshqarganida, u bilan bor yo‘g‘i bir marta gaplashganman. O‘shanda murabbiy menga: «Senga maydon markazida joy yo‘q. Gap tamom» - degan. Balki unga o‘yin uslubim yoqmagandir. Nima ham derdim...

Shalimov qo‘li ostida o‘z nuqtamda biror marta o‘ynamadim, goh chap, goh o‘ng qanotda maydonga tushirildim. Axir men markaziy yarimhimoyachimanku?! Qanotlarda samaradorligim ikki barobar pasayib ketadiku?!

Xullas, murabbiy bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng, ketishga qaror qildim. Vaziyatni tahlil qila turib, 2017 yilda «Krasnodar»da hech narsaga erisholmasligimni tushundim.

O‘zim «Krasnodar» o‘yinlarini kuzatmayman. Tanishlarimning gapiga ko‘ra, o‘yin unchalik yaxshimas. Bu «Krasnodar» boshqacha o‘ynamoqda, ammo Kononov quyib ketgan poydevor haliyam mavjud. Keyingi mavsumda Shalimov bilan nimalarga erishilishi katta so‘roq ostida turibdi.

«Krasnodar» xo‘jayini Sergey Nikolayevich Galiskiy Rossiya futboli uchun ko‘p narsa qilmoqda. Uning jamoasi chempion bo‘lib, Yevropa ligasining finalida o‘ynashga munosib. Jamoadan ketishim ma’lum bo‘lgach, Galiskiy bilan bog‘landim, unga minnatdorchilik bildirdim. Aynan u meni Krasnodarga taklif qilgan edi. Bilaman, unga o‘yinim yoqardi. Bunday inson bilan ishlash yoqimli bo‘lgan» - dedi Ahmedov «Futbol» haftanomasiga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:36, 18.04.2017.
O'qildi: 14258 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.