"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola YECHL yarimfinalida myunxenliklarning "Real"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan sobiq shogirdlari faxrlanishlari kerakligini aytdi.
"Real" - "Bavariya" o‘yinidan so‘ng birinchi o‘ylagan narsam - myunxenliklar o‘z o‘yinlaridan faxrlanishlari kerakligi bo‘ldi. Men Anchelotti, futbolchilar va bjamoaning boshqa kuyunchak insonlari haqida gapiryapman.
O‘ylaymanki, "Bavariya" chetlatishgacha yaxshi o‘ynadi. Men "Real"ga qarshi o‘ynash qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman", - deydi Gvardiola.