Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Paxtakor» murabbiyi: «Al-Ahli klubi jamoa, ammo ertaga ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz»

«Paxtakor» murabbiyi: «Al-Ahli klubi jamoa, ammo ertaga ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

"Al Ahli"ga qarshi o‘yin oldidan "Paxtakor" murabbiyi Emilian Karas va yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Karas: - Biz musobaqaning guruh bosqichini boshlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz o‘yinga yaxshi tayyorlandi. "Al Ahli"ning kuchli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Shunga qaramay, ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz.

Ibragimov: - Elit Chempionlar Ligasi guruh o‘yinlari boshlanayotgani bilan barchani tabriklayman. Raqibimizni yaxshilab o‘rganib chiqdik. Ertangi bellashuv biz uchun oson bo‘lmaydi. "Al Ahli" juda kuchli jamoa. Lekin biz maydonda borimizni bergan holda ijobiy natijaga erishish uchun urinamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:14, 13.09.2026.
O'qildi: 2602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик