Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Suhrob Berdiyev: «Hamisha aybni o‘zimdan izlaganman»

Suhrob Berdiyev: «Hamisha aybni o‘zimdan izlaganman»

Baho:
+1 | -

«Qo‘qon-1912» yarimhimoyachisi Suhrob Berdiyev «Interfutbol» gazetasiga intervyu berdi.

– Suhrob, «Paxtakor»ga qarshi kechgan uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rildimi yoki odatdagidekmi?

– Odatdagidek tayyorlandik. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga intilamiz. Tabiiyki, tayyorgarlik ham shunga monand bo‘ladi.

– Lekin bu safar g‘alaba qozonish nasib qilmadi. Yoki durang ham g‘alabadek qabul qilindimi?

– Yo‘q, bu uchrashuvda «Paxtakor»ga nisbatan bizda g‘alaba qozonish uchun imkoniyat yuqoriroq edi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida ham golga tortadigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, hujumlarni samarali yakunlay olmadik.

– Hisobni ochib oldinglar, tezkor gol ham urildi, lekin…

– Muxlislar bir-biriga o‘xshamagan bo‘limlar guvohiga aylanishdi. Dastlabki 45 daqiqani ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdik. Tashabbusni qo‘lga olib, hisobni ochishga erishdik. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘z o‘yinimizni topa olmadik.

– Tanaffusda murabbiydan qanday ko‘rsatma olgandinglar?

– Ikkinchi bo‘limda to‘pni o‘z nazoratimizda ushlab turish va hujum qilishimiz lozim edi.

– Suhrob, o‘tgan mavsumni «Paxtakor» safida boshlagandingiz. Sobiq klubingizga qarshi o‘ynash oson bo‘lmagandir?

– Albatta. Axir «Paxtakor» tarkibida yarim mavsum to‘p surdim. Ketayotgan paytimda ham ular bilan juda iliq tarzda xayrlashgandim.

– «Paxtakor»ga yaxshi niyatlar bilan o‘tgandingiz. Lekin jamoada uzoq muddat qolish nasib qilmadi. Buning sababi nimada?

– Birinchi navbatda, «Paxtakor»ning taktikasiga tushunmadim va o‘yinga moslasholmadim. Lekin bu borada murabbiylarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Hamisha aybni o‘zimdan izlaganman. Agar yana shunday imkoniyat taqdim etilsa, bundan oqilona foydalanib qolaman.

– «Qo‘qon-1912» varianti qanday paydo bo‘ldi?

– No‘’mon Hasanovning taklifiga ko‘ra, jamoa bilan shartnoma imzoladim. O‘sha payt 2-3ta klubdan taklif tushgandi. Lekin No‘’mon akani yaqindan bilganim uchun boshqalarga rad javobini berdim. Hozir ushbu qarorimdan afsuslanmayman.

– «Qo‘qon-1912»ning joriy mavsumda erishayotgan muvaffaqiyatlari siri nimada?

– Menimcha, eng katta sabab – bu murabbiy mahorati. No‘’mon Hasanovning o‘yinga tanlayotgan taktikasi ish beryapti.

– «Metallurg»ga qarshi o‘yinda «xet-trik» muallifiga aylandingiz. Mazkur bahsda omad ham kulib boqdi, deb o‘ylaysizmi?

– Albatta, o‘sha o‘yinda omadim keldi. Eng muhimi, gol urib, vazifamni bajardim.

– Maydonda sof hujumchi sifatida o‘ynayapsizmi?

– Asosan chap qanot yarim himoyasida to‘p suryapman.

– Bu sizga noqulaylik tug‘dirmayaptimi?

– Yo‘q. Anchadan beri bu pozisiyada o‘ynab kelyapman.

– No‘’mon Hasanov bir necha marotaba turning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Bu mutaxassisning kuchli tomonlari nimada?

– Jamoani o‘yinga har tomonlama yaxshi tayyorlay oladi. Futbolchilarni qanday ruhlantirishni biladi. Eng muhimi, raqib qanday kuchga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, futbolchilarni qo‘rqmasdan o‘ynashga unday oladi. Kuchli taktik. Bunday murabbiylar oliy ligamizda kam.

– «Lokomotiv» Dubaydagi o‘yinda «Al-Ahli»ga yutqazib, yuzaga kelgan yaxshigina imkoniyatdan foydalana olmadi. Jamoalarimizning OCHLdagi omadsiz ishtirokini qanday baholaysiz?

– Aksariyat muxlislar qatori «Lokomotiv»ning g‘alabasiga umid qilgandim. Afsuski, qulay imkoniyat ko‘kka sovurildi. Jamoaning o‘yini umuman o‘xshamadi. Vaholanki, «temiryo‘lchilar» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida katta tashabbusga ega bo‘lishgandi. Golga tortadigan xavfli hujum ham tashkil qilindi, lekin undan foydalana olishmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 14.05.2017.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.