Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

O‘zbek futbolini qanday jin urgan o‘zi?

O‘zbek futbolini qanday jin urgan o‘zi?

Baho:
+ | -

Joriy mavsum OCHL guruh bosqichi klublarimiz uchun sha’nsiz, shukuhsiz yakunlandi. Ayniqsa, so‘nggi nuqta alam uyg‘otdi. Axir arab futboli vakillari ikki jamoamiz darvozasiga javobsiz 7ta gol urib, g‘alabani boshqacha tantana qilishdi. «Alamli» yorlig‘i yopishtirilishining sababi shuki, saviya nuqtai nazaridan har ikki jamoamiz, xususan, futbolimiz sha’niga bunday xunuk va quruq mag‘lubiyatlar sira yarashmaydi. Futbolchilarimiz Osiyodagi istalgan jamoaga qarshi o‘ynay olishlari, buning uchun ularda ichki imkonlar mavjudligini ko‘pchilik sezib turibdi. Afsuski, umidlar oqlanmadi. Eng oxirgi zarba - kuchli «nokaut» sababi nima? «Bunyodkor»ning OCHL doirasida 3 yil intizor kutilgan g‘alabasi, «Lokomotiv»ning alamli va jangovar durangidan so‘ng bunday natija kimning xayolidan o‘tgandi?! Futbolimizni qanday jin urdi o‘zi? Nima uchun milliy chempionatimiz klublari va turli toifadagi terma jamoalarimizning xalqaro uchrashuvlardagi ishtirokida marom yo‘qolib qoldi? Mazkur savollarga har bir zukko muxlis yoki mutaxassisda o‘ziga yarasha javoblar mavjud. Quyida bu boradagi ayrim mulohazalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrimizcha, futbolimiz ma’lum muddat tushunmovchilik davrini boshdan kechirdi. Eng yaxshi murabbiylar va futbolchilarimiz muxlislar kutgan zarur natijalarga erisholmay, tanqid bo‘roniga yo‘liqishdi. Masalan, milliy  jamoamiz bilan JCH-2014 saralashining so‘nggi bosqichi va «Bunyodkor» bilan  OCHL yarim finalida ishtirok etib, futbolimiz tarixida nisbatan ijobiy natijalar qayd etgan Mirjalol Qosimov kuchli bosim ostida ancha vaqt soha  hayotidan chetda yurdi. O‘sha payt vaziyat shunday edi, futbolimizda ko‘tarinki kayfiyat hukm surardi. «Bunyodkor» Tailand klubini yengsa, OCHL finaliga yo‘l olardi, JCH-2014 yo‘llanmasi shundoqqina ko‘zga tashlanib turgandi. Har ikki umid puchga chiqqach, Mirjalol Qosimovga bosh aybdor sifatida qaraldi. Ochig‘i, u ham ayblashga arziydigan xatolarga yo‘l qo‘ydi. Garchi ikki muhim tarixiy natijani rasmiylashtirish imkonini yaqqol sezsada, shu imkonlar ro‘yobi uchun munosib choralar ko‘rmadi. U futbolimiz afsonasi sifatida shu maqomga munosib inqilob nafasini tuydi, ammo qutlug‘ tantanalarga yetolmadi. Alaloqibat o‘zi sezmagan holda, hafsalasizlik botqog‘iga botdi. Natijada hammasi o‘zgarib ketdi. Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov islohotlaridan so‘ng hamma futbolimizda yana yangi o‘zgarishlar bosqichi boshlanishiga umid bog‘ladi. Biroq taraqqiyot charxpalagi teskarisiga aylandi. Futbolimizning joriy mavsumdagi xalqaro natijalari fikrimiz dalilidir.

Ha, biz bilgan tajribali murabbiylar omadsizlik va iztirob og‘ushida futboldan biroz uzoqlashishdi. To‘g‘risi, ko‘pchilik shunday yangilanishni xohlagandi. Xususan, biz ham. Lekin xato o‘ylabmiz. Tajribali murabbiylar o‘rnini, ko‘pchilik kutganidek, xorijdan chorlangan yetuk mutaxassislar emas, balki bu yo‘nalishda tajribasiz sanalgan sobiq futbolchilar egallashdi. Boshqacha aytsak, ustasi eplamagan ishni shogirdi uddalashga intildi. Oqibatda futbolimizdagi marom izdan chiqdi. Poytaxtning dong­dor klublari Grigoriy Kolosovskiy, Sergey Lushan va Andrey Miklyayev kabi tajriba hamda saviya borasida OCHL reytingidan ancha yiroq mutaxassislarga ishonib topshirildi. Nazarimizda, bo‘lib o‘tgan voqealardan hammaning ko‘zi ochildi. Muxlislar ham yomg‘irdan qochib, do‘lga duch kelishganini anglashdi. Shu bois, tushunmovchilikka asta-sekin barham berilmoqda. Har kim o‘ziga yarasha ishga qo‘l urgani ma’qul. Saviya va tajribasiga ko‘ra, qaysidir mutaxassis kuch-g‘ayratini yoshlar futboli ravnaqiga sarflasin. Nomunosib ish topshirib, uni ham, boshqalarni ham qiynashdan nima naf?

Fakt shuki, bemavrid umidlar ta’siridagi tanqidlar sabab, futbolimiz yutqazdi. Mirjalol Qosimov ma’lum muddat o‘zi istamagan holda, izlanishdan to‘xtadi. Yo‘q, uning har doim futbol ruhi bilan yashagani aniq. Shundayku-ya, murabbiy sifatida izlanishning o‘rni boshqa.

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:34, 17.05.2017.
O'qildi: 9071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.