Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yuriy Sarkisyan – 70 yoshda!

Yuriy Sarkisyan – 70 yoshda!

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" futbol klubida Yuriy Sarkisyan sharafiga tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “Bunyodkor” jamoasi maslahatchi murabbiyi Yuriy Vazgenovich Sarkisyan 2017 yilning 30 may kuni 70 yoshga to‘ldi.

Yuriy Sarkisyan katta futboldagi faoliyatini 1970 yilda Termizning “Avtomobilchi” jamoasida boshlagan. U 1975 yilda Farg‘onaning “Neftyannik” klubiga o‘tdi. Shundan so‘ng, 1978 yilda Andijon viloyatining “Shahrixonchi” jamoasida bir yil to‘p tepib, yana Farg‘onaga qaytdi va futbolchilik faoliyatini oxirigacha ushbu shahar jamoasi sharafini himoya qildi. Sarkisyan professional saviyadagi futbolchilik faolyaitini 1982 yilda yakunladi.

1983 yilda u Moskvaga yo‘l oldi va u yerda murabbiylar oliy maktabida o‘qidi. Murabbiylik diplomiga ega bo‘lgach, Sarkisyan “Neftyannik”da murabbiy, katta murabbiy, 1987 yildan boshlab esa bosh murabbiy lavozida faoliyat yuritdi. 1987-1989 yillar mobaynida Sarkisyan boshchiligidagi Farg‘ona klubi Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi 7-mintaqasida bir necha bor birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

1990 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni sohibi.

O‘zbekiston oliy ligasining dastlabki mavsumlarida Sarkisyan “Neftchi” bilan ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritgan. U Farg‘onaning “Neftchi” klubida 1987-2013 yillar mobaynida faoliyat yuritib, 5 marta oltin, 9 marta kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston kubogida ikki bor zafar quchdi.

Yuriy Vazgenovich 2014 yilda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan taklif oldi va murabbiylar shtabida maslahatchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbek futboli muxlislari Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni tajribali mutaxassis sifatida juda yaxshi bilishadi va qadrlashadi.

Sarkisyan O‘zbekistondagi eng ko‘p sovrin yutgan murabbiy hisoblanadi. U besh bor yil murabbiy deb tan olingan.

O‘zbek futboli rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun Yuriy Sarkisyan “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

O‘zining 70 yoshini qarshi olayotgan Yuriy Sarkisyan sharafiga bugun “Bunyodkor” futbol klubida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, “Bunyodkor” FK bosh direktori Murodjon Aliyev, stadion direktori Voxid Zokirov so‘z olib, yubilyarni qutlug‘ yosh bilan muborakbod etdilar. Tadbirda klub jamoasi, futbol muxlislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham qatnashdilar.

O‘z navbatida Yuriy Sarkisyan ham so‘z olib, barchaga minnatdorchilik bildirdi, bosib o‘tgan yo‘llari va erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, kuch-quvvati bor ekan, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida mehnat qilishdan charchamasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yubiley muborak, Yuriy Vazgenovich!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 17:23, 30.05.2017.
O'qildi: 5080 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.