"Tottenxem" "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni sotib olishga qiziqmoqda.
"Shporlar" ispaniyalik futbolchini jiddiy jarohat olgan "Bornmut"ning Eli Junior Krupi o‘rniga alternativ sifatida ko‘rishdi. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, London klubi vakillari 26 yoshli jahon chempionining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun vositachilar bilan bog‘lanishgan.
"Ko‘k-anorranglilar" Torres bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmasa, uni sotishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
"PSJ" Ferran uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda va allaqachon kelishuv ustida ishlamoqda. "Tottenxem" hozirda vaziyatni kuzatib bormoqda.













