Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Oleg Tyulkin: «Dinamo» «triller»da g‘olib bo‘ldi»

Oleg Tyulkin: «Dinamo» «triller»da g‘olib bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi nimchorak final javob uchrashuvi doirasidagi «Olmaliq» — «Dinamo» (2:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o‘yin borasida to‘xtalib o‘tdi.

— Oleg Pavlovich, keyingi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz. O‘yin haqida qanday fikrdasiz?
— Bugun «Dinamo» o‘yin emas, «triller»da g‘olib bo‘ldi. Uchrashuv juda shiddatli va tomoshabop o‘tdi. Ayniqsa, birinchi bo‘lib hisobni jarima zarbasidan Iskandar Xolmirzayev kiritgandan keyin, o‘yin yanada jonlandi. Maydon egalari muvozanatni tiklashgach, har qanday holatda ham yana bitta gol urishimiz kerak edi. Ammo ko‘p o‘tmay, futbolchilar maydondan chetlatishdi, penalti qo‘yildi. 11 metrlik holat bo‘yicha vaziyatni anglay olmadim, ochig‘i. Raqib penaltidan gol urib, hisobda oldinga chiqqach, yakunda biz yana gol urib, chorak finalga yo‘l olganligimizdan juda xursandmiz. Yigitlar irodalarini namoyish etishdi.

— Jasur Qurbonov maydonga tushayotganda qanday ko‘rsatma berilgandi?
— Yosh futbolchimiz yarimhimoyachi bo‘lsada, hujumkorlikni oshirishi kerak edi. O‘yin yakunida uning maydonga tushirilishi foydali bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqa yakuniga 15 soniya qolganida Jasur ikki futbolchini aldab, chamasi 30 metrlardan kuchli zarbasi bilan ajoyib gol muallifiga aylandi. Bu gol bizni chorak finalga olib chiqdi. Yoshlar ishonchimizni oqlayotgan ekan, ularga imkon berishda davom etamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:56, 01.06.2017.
O'qildi: 3596 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик