«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller jarrohlik stoliga yotdi.
Futbolchi o‘ng qo‘lining bosh barmog‘idan olgan jarohati tufayli operasiya qilindi. U butun mavsum davomida bu jarohat tufayli aziyat chekkan edi. Endi Myuller mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarigacha maydonga qaytadi.
O‘tgan mavsumda u 29 o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 14ta golga hammualliflik qilgan.